"Dunyo" xabariga köra, muloqot davomida sönggi yillarda ikki mamlakat örtasida oliy ta’lim yönalişida erişilgan natijalar, hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi.

Bugungi kunda uşbu sohadagi özaro hamkorlik hujjatlarining umumiy soni 40 dan oşgani, şu jumladan Turin politexnika va Piza universitetlarining Toşkentdagi filiallari hamda Luidji Vanvitelli nomidagi Kampaniya universitetining Buxoro davlat tibbiyot institutida taşkil etilgan qöşma fakulteti faoliyati e’tirof etildi.

Tomonlar idoralararo anglaşuv memorandumi doirasida Özbekiston tadqiqotçilarining loyihalarini Italiya tomonidan moliyalaştirilişi masalalariga alohida e’tibor qaratdi. Şuningdek, ikki davlat oliy ta’lim vazirlari boşçiligidagi delegatsiyalarning almaşinuvini, Italiyaning 10 ta yetakçi universitetlar rektorlaridan iborat delegatsiyaning Özbekistonga taşrifini amalga oşiriş va uning doirasida Samarqandda Özbekiston-Italiya ta’lim forumini ötkaziş istiqbollari körib çiqildi.