AQŞ hukumati Milliy aeronavtika va koinot tadqiqotlari boşqarmasiga (NASA) Oy va boşqa osmon jismlarida 2026 yil oxirigaça yagona vaqt standartini yaratişni buyurdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
NASA kosmik aloqa va navigatsiya ma’muri Kevin Koggins sözlariga köra, Oy va boşqa samoviy jismlardagi turli tortişiş kuçi va ehtimol boşqa omillar vaqtni Yerdagidan boşqaçaroq tarzda xis qilinişiga olib keladi. Uning sözlariga köra, LTC Oy kosmik kemalari va sun’iy yöldoşlari uçun vaqtni ölçaş standartiga aylanadi, ularga öz vazifalarini bajariş uçun öta aniqlik kerak.
«Yerda işlaydigan soat Oyda boşqaçaroq tezlikda işlaydi», dedi Koggins.
OSTP rahbari Arati Prabxakar eslatmasida aytilişiça, Oydagi odam uçun Yer soatlari kuniga örtaça 58,7 mikrosekundga orqada qoladi va bunda Oy vaqtini Yer vaqtidan yanada farqlovçi boşqa oğişlar ham bor.
«Artemis» dasturi orqali kosmik agentlik yaqin yillarda Oyga astronavt missiyalarini jönatiş va Marsga bölajak missiyalar uçun yöl oçişga yordam beradigan ilmiy oy bazasini yaratişni maqsad qilgan. Bu harakatda önlab kompaniyalar, kosmik kemalar va davlatlar iştirok etmoqda.
OSTP vakilining ta’kidlaşiça, Oy vaqtining umumiy standartisiz kosmik kemalar va Yer, Oy sun’iy yöldoşlari, bazalar va kosmonavtlar örtasidagi sinxronlaştirilgan aloqa örtasida xavfsiz ma’lumotlarni uzatişni ta’minlaş qiyin böladi. Vaqt tafovutlari Oyda yoki uning orbitasida xaritalaş va pozitsiyalarni aniqlaşda xatolarga olib kelişi mumkin.
«Tasavvur qiling-a, agar dunyoda soatlar sinxronlaştirilmasa - bu qançalik noqulay bölişi va kundalik işlarga xalaqit berişi mumkin», dedi rasmiy.












