3 aprel kuni Samara-Çimkent trassasining Qozoğistonning Aqtöbe oblasti Marjonbuloq qişloğidan ötgan qismida yöl-transport hodisasi yuz berdi. Qozoğiston IIVga aloqador Polisia.kz kanali xabariga köra, YTH Volvo yuk maşinasi hamda Özbekiston fuqarosi boşqaruvidagi Toyota-Alhpard miniveni iştirokida röy bergan.
Hodisa oqibatida miniven haydovçisi va undagi yetti nafar yölovçi voqea joyida halok bölgan. Qurbonlarning barçasi Özbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga köra, harakat vaqtida yuk avtomobilining şinasi yorilib ketgan, haydovçi boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va miniven bilan töqnaşgan.
YTH yuzasidan dastlabki tergov harakatlari boşlangan. Tegişli ekspertiza tayinlangan.
Bu yil boşidan buyon Qozoğistonda Özbekiston fuqarolari ölimi bilan yakunlangan navbatdagi yöl-transport hodisasi bölmoqda. 20 yanvar kuni Qozoğiston hududida Özbekiston fuqarolari boşqaruvidagi avtomobillar bilan ikkita YTH röy bergan va tört özbekistonlik (ulardan uç nafari bir oila a’zolari) halok bölgandi.
Undan oldinroq, 11 yanvarga ötar keçasi Rossiyaning Penza oblastida Özbekiston fuqarosi boşqaruvidagi JAC miniveni boşqaruvni yöqotib, qarama-qarşi yönalişdagi yuk maşinasiga töqnaşişi oqibatida sakkiz nafar özbekistonlik halok bölib, yana bir kişi jarohatlangandi.
16 yanvar kuni esa Rossiyaning Samara oblasti Stavropol rayonida ham Özbekiston fuqarolari ölimiga sabab bölgan YTH röy berdi, bu holatda özbekistonlik haydovçi boşqaruvidagi Lada Largus qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, «Gazel» yuk maşinasi bilan töqnaşgan, natijada yengil maşinadagi uç kişi halok bölib, tört yölovçi şifoxonaga yotqizilgandi.








