Davlat xavfsizlik xizmati tomonidan Amerika Qöşma Ştatlariga noqonuniy yöllar bilan yuborişni va’da qilgan şaxslar qölga olindi.

Davlat xavfsizlik xizmatining Andijon viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD va içki işlar organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda, Marhamat tumanida yaşovçi şaxs Asaka tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni Meksika davlati orqali Amerika Qöşma Ştatlariga yuboriş evaziga 19 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 15 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi. 

Tezkor tadbir davom ettirilib, 15 ming AQŞ dollaridan 6 ming AQŞ dollarini olgan vaqtida mazkur noqonuniy işga aloqador bölgan, Marhamat tumanida yaşovçi fuqaro ham qölga olindi. 

DXX Navoiy viloyati böyiça boşqarmasi va Boş prokuratura huzuridagi departamentning hududiy boşqarmasi xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda, Samarqand viloyatining Past Darğom tumanida yaşovçi şaxs Nurota tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni Meksika orqali Qöşma Ştatlarga yuboriş evaziga 14 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi.

DXX Sirdaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan IJQKD bilan hamkorlikda tezkor tadbir ötkazilgan.

Unda, Jizzax şahrida yaşovçi şaxs 15 ming AQŞ dollari evaziga Sardoba tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroni Amerika Qöşma Ştatlariga yuborişni va’da qilib, oldindan 12 ming AQŞ dollari va 6 mln söm olgan vaqtida uşlandi.

Şuningdek, DXX Toşkent şahar böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan Boş prokuratura huzuridagi departament bilan hamkorlikda Bektemir tumanida tezkor tadbir ötkazildi.

Toşkent viloyatining Angren şahrida yaşovçi ayol Çilonzor tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroga viza va boşqa tegişli hujjatlarni rasmiylaştirib, uni “Turkiya-Nikaragua-Meksika” yönalişi orqali Amerika Qöşma Ştatlariga yuboriş evaziga 16 ming AQŞ dollari talab qilib, oldindan 9 ming AQŞ dollari olgan vaqtida uşlandi. 

Hozirda mazkur şaxslarning barçasiga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.