Rasmiy ma’lumotlarga köra, asosiy muxolifat kuç hisoblangan Jumhuriyat xalq partiyasi (JXP) butun mamlakat böylab 37,8 foiz ovoz oldi, Adolat va taraqqiyot partiyasi (ATP) — 35,5 foiz.

Köplab ekspertlar bu saylovlarni «Erdöğanning tarixdagi eng yirik mağlubiyati» deb ataşmoqda.

Jumhuriyat xalq partiyasi ATPni Erdöğanni uning 21 yillik hukmronligi davridagi umummilliy ovoz beriş yakunlariga köra nafaqat ilk bor mağlub eta oldi, balki sönggi ön yilliklardagi eng köp ovozni qölga kiritdi. BBC tahlilçisi Çağil Kasapöğli bu qanday röy bergani haqida yozdi.

Iqtisodiy muammolar: giperinflatsiya va aholi noroziligi

Hukmron partiyaning mağlubiyatiga olib kelgan asosiy omil mamlakatdagi çuqur iqtisodiy inqiroz böldi.

Yaşaş narxi faqat 2022 yilda Rossiyaning Ukrainaga uruş boşlaşidan keyin kötarila boşlagan köplab davlatlardan farqli ölaroq Turkiyadagi iqtisodiy inqiroz 2018 yildan buyon davom etib kelmoqda. Mamlakatdagi inflatsiya 65 foizdan oşadi, milliy valuta lira esa sönggi beş yilda 80 foizga qadrsizlangan.

Erdöğan prezidentligi davridagi Turkiya hukumati köpinça hozirda oddiy odamlar hayoti naqadar qiyinlaşganini tuşunmaslikda ayblanadi.

Yaşaş narxi oşişi muxolifat ğalabasiga yordam bergan asosiy omil böldi, deydi ekspertlar
Foto: CHRIS MCGRATH/GETTY IMAGE

«Hukmron ATP iqtisodiy inqirozning vayronkor oqibatlarini juda keç tan oldi», — deydi BBC bilan suhbatda Anqaradagi Hoji Bayram Vali universiteti professori Bahodir Turk.

U Erdöğan va uning partiyasi 2023 yilgi prezidentlik saylovlaridagi ğalabadan keyin «iqtisodiy inqirozdan çiqiş borasida öta optimistik» kayfiyatda bölganini qöşimça qilgan.

«Menimça bu Erdöğan va ATP yöl qöygan eng katta xato edi», — deb hisoblaydi professor Turk.

Muxolifatçilar saylovoldi kampaniyasi çoğida yaşaş narxi oşayotgani haqida köp gapirdi.

Saylovlarda ATP nomzodiga qarşi kuraşgan Istanbulning taniqli meri Akrom Imomöğli «Mamlakatimiz qaşşoqlikka loyiq emas» şioridan keng foydalandi. Yakunda u işonçli ğalabaga erişdi va yana beş yil davomida şaharga hokimlik qiladigan böldi.