“Sun Eco Group” fevral oyida ijtimoiy tarmoqlar orqali özini dunyodagi eng yirik va innovatsion quyoş komponentlarini işlab çiqaruvçilardan biri deb taniştirib, butun dunyo böylab fotovoltaik energiya işlab çiqariş bazalarini qurayotgani va işlab çiqarilgan elektr energiyasini milliy tarmoqqa ulab daromad olişini ma’lum qilgan.

“Sun Eco” quriliş loyihasi katta mablağ talab qilgani uçun investorlardan pul yiğayotganini ta’kidlagan.

“Loyihada qatnaşiş va oddiy xodimga aylaniş uçun 60 AQŞ dollari kerak böladi, qatnaşgandan keyin kunlik foyda esa 2 AQŞ dollarini taşkil qiladi”, – deyiladi tarqatilgan xabarlarda.

Şundan keyin loyihaning bir neçta guruhlari oçilib, odamlar pul ötkazayotgani va kunlik daromadini ola boşlagani haqida xabarlar qöyib borilgan.

Investorlar uçun oçilgan Telegram-guruh adminlaridan biri, Anvar Hamdamov ismli şaxs “Sun Eco” kompaniyasi haqida ma’lumot berarkan, bu kompaniya 2020 yilda AQŞning Kolorado ştatida taşkil etilgani, butun dunyo böylab quyoş mahsulotlari, quyoş energiyasi loyihalari böyiça yetakçi global provayder hisoblanişini iddao qiladi.

Loyiha veb-saytiga kirilsa, Amerikaning “Sun Eco” kompaniyasi saytiga yönaltiriladigan havola va pul tikiş yöriqnomasidan boşqa narsa yöqligini köriş mumkin.

Şunisi aniqki, Amerikaning “Sun Eco” kompaniyasi Özbekiston bozorida şunday loyiha boşlayotgani borasida biror rasmiy ma’lumot yöq. Ular Amerika kompaniyasi nomidan foydalanayotganini taxmin qiliş mumkin.

Guruh adminlaridan biri hatto Özbekiston hukumatining köplab takliflaridan söng kompaniya bozorga kirib, hukumat bilan 10 yil muddatga şartnoma imzolaganini ham aytgan.

Energetika vazirligi matbuot kotibining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bunday nomdagi kompaniya hukumat bilan şartnoma imzolamagan.

“Bu kompaniyaning vazirlikka umuman aloqasi yöq”, – deyiladi matbuot xizmati bergan izohda.