Isroil hukumati Ğazo sektoriga yordam yetazib beriş uçun ikkita yangi gumanitar yölak oçilişini ma’qulladi. Bu qaror AQŞ prezidenti Jo Bayden Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu bilan telefon muloqoti ötkazişi hamda undan anklavdagi tinç aholini himoya qiliş çoralarini körişni talab qilişidan keyin qabul qilindi.
Isroilning HAMASga qarşi uruşi boşidan buyon Ğazo sektoriga sektor şimoliy qismida joylaşgan «Erez» çegara punkti ham vaqtinça oçiladi. Bundan taşqari, Isroil Iordaniyadan «Kerem-Şalom» nazorat-ötkaziş punkti orqali olib kiriladigan yordam hajmini oşirişga ruxsat beradi. Şuningdek, Isroilning Aşdod portiga ham Ğazo uçun yordam olib kelinişi boşlanadi.
AQŞ Milliy xavfsizlik kengaşi Isroil hukumatining bu qarorini olqişlaşini bildirgan va bu qaror «tez va töliq» amalga oşirilişi lozimligini qayd etgan.
Payşanba kuni keçqurun Bayden va Netanyahu yarim soat davomida telefon orqali gaplaşgandi va Oq uy bayonotiga köra, bu muloqot noodatiy tarzda qat’iy ohangda keçgan.
Yetakçilar Isroil havo zarbasi oqibatida Ğazo aholisiga oziq-ovqat yetkazib beriş bilan şuğullangan World Central Kitchen (WCK) taşkilotining ğarb davlatlaridan bölgan köngillilari halok bölişidan keyin ilk bor gaplaşdi. Netanyahu harbiylar «begunoh odamlar»ga «qasddan zarba yöllamagani»ni aytgan va bunday holat boşqa takrorlanmasligi uçun barça işni qilişga va’da bergan.
AQŞ prezidenti ma’muriyatiga köra, Bayden isroillik boş vazir bilan muloqotda «gumanitar taşkilotlar xodimlariga zarbalar va umuman gumanitar vaziyatni oğirlaştirişga yöl qöyib bölmasligi»ni aytgan.
«U Isroil tinç aholi vakillariga azob beriş, gumanitar xodimlar xavfsizligi muammolarini hal qilişga qaratilgan va natija beradigan bir qator aniq qadamlarni e’lon qilişi va amalga oşirişi şartligini aniq aytdi», — deyilgan Oq uy xabarida.
Amerikaning Isroil böyiça siyosati Isroilning tinç aholi va insonparvarlik taşkilotlari xodimlari himoyasi yölidagi qadamlariga boğliq böladi, deya qayd etgan Oq uy.
BBC muxbirlari xabar berişiça, Bayden Netanyahuga boşqa narsalar qatori Isroil Ğazoga gumanitar yölaklar oçilişi lozimligini ham aytgan.
Amalda u Isroil rahbariyatiga ultimatum qöygan: yoki Isroil hukumati sektorning tinç aholisi hayotini yengillaştiruvçi muayyan qadamlar taşlaydi va gumanitar taşkilotlarning xavfsiz işlaşini ta’minlaydi, yoki Vaşingtonning Ğazo böyiça siyosati özgaradi, deya qayd etgan naşr muxbirlari.














