Sankt-Peterburgning Kalinin tuman sudi sovet dissidenti va publitsisti Aleksandr Skobovni terrorizmni oqlaş (Rossiya Jinoyat kodeksining 205.2-moddasi 2-qismi) işida ikki oyga, 2024 yil 1 iyunga qadar hibsga oldi. Bu haqda 4 aprel, payşanba kuni «Mediazona» sud zalidan matnli onlayn-translatsiyada xabar berdi.
Naşrning yozişiça, Skobov sudlov mahkamasiga olib kelinganida, u şunday deb baqirgan: «Ukrainaga şaraflar, qotilga ölim. Men bu tomoşada qatnaşişdan ma’no körmayapman va bu sud jarayonida qatnaşişning yagona sababi – sudning yuziga tupuriş». U sudya oldida turişdan ham boş tortdi.
Dissidentning advokati Veronika Karagodina suddan Skobovga qandli diabet, gepatit C, bronxial astma va glaukoma taşxisi qöyilganini aytib, hibsga oliş bilan boğliq bölmagan ehtiyot çorasini tanlaşni söradi. Prokuratura publitsistni hibsga olişni söragan. Majlis yopiq eşiklar ortida ötdi.
2 aprel kuni Sankt-Peterburgda qölga olingan publitsist va sovet davri dissidenti Aleksandr Skobov terrorizmni oqlaş moddasi böyiça ayblandi. «Podderjka politzekov. Memorial» Telegram-kanali Skobovga nisbatan iş qözğatilişiga uning «Qrim köprigi portlatilişini oqlovçi posti» sabab bölganini bildirdi.
SSSR va Rossiyada Aleksandr Skobovning ta’qib qilinişi
2024 yil 22 martda Rossiya hukumati Aleksandr Skobovga «çet el agenti» maqomini berdi. «Adliya vazirligining ma’lumotlariga köra, u davlat organlari qarorlari töğrisida «yolğon ma’lumot tarqatgan», uruşga qarşi çiqqan, «Rossiya Federatsiyasini terroristik taşkilot deb hisoblagan», «nomaqbul taşkilot» faoliyatida iştirok etgan, «çet el agenti materiallarini» tuzgan va tarqatgan», deb eslatadi «OVD -Info».
1978 yilda Aleksandr Skobov «Çap muxolifat» guruhi va hukumatga qarşi jurnal faoliyatida faol iştirok etgani uçun hibsga olingan. Keyinçalik, sud hukmi bilan u psixiatriya şifoxonasiga yotqizilgan va u yerdan 1987 yilning yozida ozod qilingan.
«Okna» loyihasiga köra, ayni paytda Rossiyada Aleksandr Skobovga nisbatan «nomaqbul taşkilot» – ozod Rossiya forumi faoliyatida iştirok etgani uçun ma’muriy iş yuritilmoqda.













