“Crocus City Hall”dagi teraktdan söng, Rossiya kuçişlatar tuzilmalarining mehnat muhojirlari, xususan Markaziy Osiyo davlatlariga mansub fuqarolarga nisbatan agressiv va şovinistik xarakterdagi reydlari köpaydi. Joylarda musofirlar kaltaklanib, hatto mahalliy aholi tomonidan piçoqlab öldiriş holatlari kuzatildi. Kun.uz ayni damdagi vaziyatni biliş maqsadida Rossiyada bölib turgan huquqşunos Zarnigor Omonullayeva bilan suhbatlaşdi.

“Crocus City Hall”da terakt bölganiga 14 kun töldi. Mamlakatda bölib turgan özbek huquqşunosi Zarnigor Omonullayevaning aytişiça, Moskvada migrantlarga nisbatan bölayotgan agressiv, şovinistik xarakterdagi holatlar biroz kamaygan.

“Lekin migratsiya qonunçiligiga qat’iy, ba’zida mantiqsiz özgartirişlar taklif qilinyapti. IIV xodimlarining uyma-uy tekşiriş masalasi kötarilib, bu yoqlandi. Bu degani endilikda har qanday özining yaşaş manzili böyiça yaşamayotgan mehnat muhojiri Rossiyadan çiqarib yuborilişi mumkin”, – deydi Kun.uzʼga intervyu bergan huquqşunos.

Quyida töliq suhbatni öqib çiqişingiz mumkin.

— 22 martni eslay olasizmi, öşa vaqtda nimalarni kördingiz, kuzatdingiz? Dastlab şu haqda gaplaşsak.

— Bu xabar [terakt sodir bölgani] 22 mart kuni keçqurun soat sakkizdan söng çiqdi. Bu vaqtda uyda edik, Krasnogorsk şahri bizga yaqin emas, oramizda 2 soatlik yöl bor. Yangiliklar çiqişni boşlagaç, Migrant.uz sayti jamoasi bilan yangiliklarni yorita boşladik, deyarli 2 kun davomida şu iş bilan şuğullanib, migrantlarga tavsiyalarimizni berib turdik.

— Teraktdan söng kuçaytirilgan xavfsizlik çoralari migrantlarga qanday ta’sir körsatdi? Kuzatuvlarda köproq salbiy munosabatlarni uçratyapmiz.

— Teraktgaça migrantlar orasida migratsiya qonunçiligi asosida reydlar bölib turardi, lekin teraktdan keyin reydlar soni, qamrovi, tekşiruv darajasi keskin oşib ketdi. Oldin faqat qonunçilik doirasidagi kerakli hujjatlar tekşirilgan bölsa, endi telefonlargaça tekşiriş holatlari köpaydi. Yoki aeroportlarda, çegaralarda migrantlarga nisbatan savol-javob, tekşiruvlar köpaydi.

Kirib-çiqiş jarayonida siyosiy, diniy qaraşlar sörala boşlandi. Deylik, oldin 10 foiz migrantlar reydlarga tuşgan bölsa, hozir 50 foiz migrantlar töğridan töğri reydga tuşib, tekşirilmoqda. Bungaça reydlar şaharlarda navbatma-navbat ötkazilgan bölsa, teraktdan söng yoppasiga barça şaharlarda sezilarli tarzda qattiq reydlar ötkazilyapti.