Germaniya taşqi işlar vazirligi nemis kompaniyalarini Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi çoğida rus qöşinlari tomonidan vayron qilingan va egallab olingan Mariupol şahrini qayta tiklaşda iştirok etmaslik töğrisida ogohlantirdi. Quriliş işlari «faqat Rossiya taşviqotiga xizmat qiladi», dedi Germaniya TIV vakili 5 aprel, juma kuni. «Bu bilan şuğullanadigan har qanday kompaniya qanday xizmat körsatayotganini özidan söraşi kerak», deya qöşimça qildi vazirlik. Bundan taşqari, Germaniya Iqtisodiyot vazirligi vakili prokuratura va mamlakat bojxona organlarini nemis kompaniyalari RF qöşinlari tomonidan egallab olingan va Rossiyaniki deb e’lon qilingan Ukraina şahriga öz mahsulotlarini yetkazib beriş orqali sanksiyalarni buzgani yoki yöqligini tekşirişga çaqirgan.

Mariupoldagi qurilişlarda Knauf sementi va WBK Systems beton bloklari

Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşi paytida rus qöşinlari tomonidan vayron qilingan va egallab olingan Mariupol şahrini qayta tiklaşda Germaniya kompaniyalari iştirok etmoqda. Germaniyaning ARD ijtimoiy-huquqiy telekanalining 3 aprel kuni çop etilgan Monitor dasturi jurnalistlari suriştiruvida şunday xulosaga kelingan. 

Mariupoldagi köplab quriliş maydonçalarida Knauf tomonidan işlab çiqarilgan sement işlatiladi, deya ta’kidlaydi jurnalistlar. ARD ma’lumotlariga köra, hozirgi kunga qadar Knauf Rossiyada 4000 xodim va milliardlab rubllik aylanmaga ega. Tahririyat tomonidan söralganda, kompaniya Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşini qoralaşini va RFga qarşi YeI barça sanksiyalariga rioya qilişini bildirdi. Rossiyada işlab çiqarilgan Knauf mahsulotlari «faqat Rossiya bozori uçun» möljallangan, deya qöşimça qildi matbuot xizmati. Tahririyat tomonidan berilgan savollarning keng röyxatiga heç qanday javob olinmadi, deb ta’kidlaydi ARD. 

Bundan taşqari, Mariupoldagi quriliş maydonçalaridan olingan fotosuratlar va videolarda ARD jurnalistlari Şimoliy Reyn-Vestfaliyadagi Myunsterland mintaqasidan bölgan WKB Systems nemis kompaniyasi nomi yozilgan yaşil qadoqli plyonkadagi beton bloklarini payqadi. Kompaniyaning asosiy aksiyadori rossiyalik tadbirkor Viktor Budarindir. WKB Systems jurnalistlarning izohiga javob bermadi.