Toşkent şahar Bektemir tumani hokimi hamda Mahallalar uyuşmasining Qaşqadaryo viloyati boşqarmasi tomonidan tayyorlangani aks etgan xatlar ijtimoiy tarmoqlarda paydo böldi. Unga köra, 16-18 mart kunlari “Obod va fayzli mahalla – yurt körki” şiori ostida umumxalq xayriya haşari ötkazilgan.

Ta’kidlanişiça, xayriya haşarini ötkaziş bilan boğliq hukumat qarori va farmoyişlarida barça taşkilot, korxona hamda boşqa xöjalik yurituvçi sub’yektlar mehnat jamoasining bir kunlik iş haqi (Mahallalar uyuşmasining) maxsus hisobraqamiga ötkazilişi belgilangan.

“Şu munosabat bilan mehnat jamoasining bir kunlik iş haqi quyidagi hisobraqamga ötkazilişini ta’minlaşda amaliy yordam berişingiz söraladi”, – deyiladi rasmiy xatda.

Bu jarayonga Surxondaryo viloyati Boysun tumanining 10-, 15-, 8-sonli maktab öqituvçi hamda işçi xodimlari ham jalb qilinib, ularning ham kunlik mehnat haqi olinyapti. Buni tahririyatga jönatilgan rozilik xatlaridan köriş mumkin.

Yuqoridagi maktablardan birida işlovçi bir öqituvçining Kun.uzʼga ma’lum qilişiça, öqituvçilarga bu jarayon ixtiyoriy-majburiy ekani aytilib, heç qaysi xodimdan söralmasdan, tuşadigan maoşdan “haşar puli” avtomatik ayirib taşlangan. Bunga norozi bölgan öqituvçilar muassasa buxgalteriga şikoyat qilgaç, oylikning töliq şakli tiklangan.

Haşar uçun xodimning kunlik iş haqi uşlab qolinişi qonunga zid

Mehnat kodeksining 269-moddasiga