Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi deputatlari Nodir Abduvaliyev va Sardor Ğiyosov bu holatlar jamoatçilik örtasida keng muhokamalarga sabab bölayotganini aytib, davlat taşkilotlarini tejamkorlikka çaqirgan.
Deputatlarga köra, 2023 yilda Özbekiston konsolidatsiyalaşgan budjeti daromadlari 321,0 trillion sömni, xarajatlari 380,0 trillion sömni taşkil etdi. Bunda xarajatlar daromadlardan 59 trillion sömga köp bölib, budjet taqçilligi yalpi içki mahsulotga nisbatan 5,5 foizga yetgan va joriy yilda budjet mablağlari hisobidan barça sohalarda köplab muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatdagi amaliy vazifalarni bajariş rejalaştirilgan.
ÖzLiDeP deputatlari bu vaziyatda böyiça ayrim vazirlik va davlat taşkilotlari narxlari yuqori bölgan avtotransport vositalarini xarid qiliş uçun mablağlar sarflayotganini keskin qoralagan.
“Masalan, Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi huzuridagi Jamoat işlari jamğarmasi tomonidan 444 mln sömga bir dona «BYD SONG PLUS» avtotransport vositasini,Energetika bozorini rivojlantiriş va tartibga soliş agentligi tomonidan 504 mln sömga premium-klassdagi «BYD HAN»avtomobilini hamda Oliy Sud tomonidan 1,5 mlrd sömga «yöltanlamas» «Toyota Land Cruiser 300» avtomobilini va boşqa ayrim taşkilotlar ham şu kabi avtotransport vositalarini xarid qilişayotgani şular jumlasidandir.
Xorijiy mamlakatlarda vazirliklar rahbarlari özlarining xalq xizmatidagi davlat xodimi ekanligini bildiriş, özining xalqqa yaqinligini körsatiş maqsadida qimmatbaxo xizmat avtomobillari örniga jamoat transporti va velosipedlarda işga kelişni afzal bilişmoqda.
Keng jamoatçilik tomonidan vazirlik va idoralar mablağlarni sarf qilişda birinçi navbatda hududlardagi, jumladan mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal etişga, amalga oşirilayotgan islohotlarni har bir xonadonga yetib borişini ta’minlaşga e’tibor qaratişi zarurligi ta’kidlanmoqda.
Yuqoridagilardan kelib çiqqan holda xalq vakili sifatida, budjetdan mablağ oluvçi vazirlik, idora va taşkilotlarni budjet mablağlarini sarflaşda tejamkorlikka amal qilişlariga, foydalanişdagi avtotransport vositalari mavjud bölgan holda mazkur maqsad uçun xarajatlarga yöl qöymaslikka çaqiramiz” deyilgan xabarda.












