Isroil tomonining iddaosiga köra, TsAXAL harbiylari oşpazlar konvoyini HAMAS jangçilari bölgan yuk maşinasi bilan adaştirib, nişonga olgan. Xatoni sodir etganlar dron operatorlari bölgan. Isroil mudofaa armiyasiga köra, gumanitar maşinani nişonga olib öqqa tutişga buyruq bergan ofitserlar işdan olingan.
Qiziği, World Central Kitchen guruhi Ğazodagi harakatlarini Isroil armiyasi bilan muvofiqlaştirib borganiga qaramay, TsAXAL zarbasiga uçragan. Oşpazlar Ğazoga dengiz orqali yetkazilgan 100 tonnadan ortiq oziq-ovqat mahsulotlarini Dayr al Balahdagi omborxonaga joylab qaytayotgan bölgan. Isroil armiyasi tomonidan otilgan raketa maşinalardan birining qoq örtasidan teşib ötgan. Konvoy içida bölgan 7 nafar oşpazlar guruhining barçasi vafot etgan.

Foto: AFP
Ğazo missiyasi yakunlandi
Guruh asosçisi bölgan boş oşpaz Xose Andres ğamdan ado bölganini aytib, Isroilni kimligini ajratmay odam öldirişni bas qilişga çaqirdi. Oşpaz guruh Ğazodagi missiyasini yakunlaşini e’lon qildi.
«Bugun World Central Kitçen'dagi bir neçta birodarlarimizni yöqotdik. Ğamdan ado bölyapman. Ularning oila a’zolariga, oşxonamiz oilasiga ta’ziya izhor qilaman. Isroil hukumati bunaqa odam ajratmay öldirişni bas qilişi kerak. Ular tinç aholi vakillari, gumanitar taşkilotlar a’zolarini öldirişni, oziq-ovqatdan qurol sifatida foydalanişni töxtatişi şart.
Bu fariştalar... Yagona aybi insonlarni ovqatlantiriş bölgan fariştalar... Men ular bilan Ukrainada, Ğazoda, Turkiyada, Marokaşda, Baham orollarida, Indoneziyada birga xizmat qildim. Ular nomsiz insonlar emas, ularning nomlari bor edi. Hammasini hoziroq töxtatiş kerak. Tinçlik biz insoniylik ulaşa boşlaganimizda boşlanadi», deb yozdi Xose Andres öz sahifasida jamoasi vakillari ölgani ma’lum bölgaç.

Qurbon bölganlardan 4 nafari oşpaz yordamçilari, 3 nafari guruhning xavfsizlik xodimlari bölgan. Ular 25 yoşli falastinlik Sayfiddin Issam, 43 yoşli avstraliyalik Lazami Frankom, 35 yoşli polşalik Damian Sobol, 33 yoşli AQŞ va Kanada fuqaroligiga ega Yakob Flikingre, 57 yoşli britaniyalik Jon Çapman, 33 yoşli britaniyalik Jyeyms Henderson va 47 yoşli britaniyalik Jyeyms Kirbi edi.























