Qöriqxonaning Tanxozdaryo bölimi davlat nazoratçisi Jamşid Berdaliyev tomonidan qöyilgan fotoqopqon tasviriga tuşgan qor qoploni yirik jussaligi bilan ajralib turadi. Bu haqda Davlat ekologiya qömitasi xabar qildi.

Qömitaning qayd etişiça, qor qoploni bugungi kunda dunyo miqyosida noyob tur hisoblanib, xalqaro “Qizil kitob”ga kiritilgan. Muşuksimonlar oilasiga mansub bu noyob jonivorni mamlakatimizda muhofaza qilişga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Jumladan, Hisor davlat qöriqxonasida qor qoplonining erkin yaşaş tarzi va köpayişi uçun doimiy muhofaza çoralari amalga oşirib kelinadi.

Hisor davlat qöriqxonasiga örnatilgan fotoqopqonlar fevral oyida ham ikki marta qor qoplonini tasvirga olgandi.