DXX xodimlari Toşkent va Samarqand şaharlarida bir neça nafar advokatlarning noqonuniy harakatlariga çek qöygan
Ma’lum qilinişiça, Toşkentda advokat va MÇJ yuristi özaro kelişgan holda, sud tizimida yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali 2021 yilda Jinoyat kodeksining 131- va 135-moddalari bilan sudlanib, 8 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va hozirda jazo muddatini ötayotgan şaxsning ayblovidan 135-moddani olib taşlaş orqali unga nisbatan tayinlangan jazoni yengilroq jazo turiga almaştirib beriş evaziga 75 ming AQŞ dollari talab qilgan.
Ular söralgan pul mablağini olgan vaqtida DXX xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Ta’kidlanişiça, mazkur advokat 2015-2020 yillarda fuqarolik işlari böyiça Bekobod tumanlararo sudining sudyasi bölib, MÇJ yuristi esa 1999-2003 yillarda jinoyat işlari böyiça Buxoro viloyat sudi xodimi sifatida faoliyat yuritgan.
Boşqa holatda esa, Toşkentda muqaddam firibgarlik jinoyati uçun sudlangan advokat sud organlaridagi tanişlari orqali, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahkumning jazosini ozodlikdan mahrum qiliş bilan boğliq bölmagan boşqa jazoga almaştirib beriş evaziga 17 ming dollar olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Samarqandda advokat şahar prokuraturasi iş yurituvidagi jinoyat işi böyiça gumonlanuvçi şaxsga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini qöllamasliklari uçun prokuratura tizimidagi tanişlari orqali yordam beriş evaziga 2 ming dollar talab qilib, 1,5 ming dollar olgan vaqtida uşlandi.
Qayd etilişiça, hozirda mazkur şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, qamoq ehtiyot çorasi qöllangan.







