RF qurolli kuçlari sönggi hafta davomida Ukrainada bir qança yutuqlarga erişdi. Töğri, buni faqat hozirgi uruş mezonlariga köra yutuq deb ataş mumkin: Rossiya armiyasi odatdagi yuzlab metr (yoki hatto önlab) ilgarilaş örniga, ayrim janglar natijasiga köra bir kilometrdan ortiq masofani bosib ötdi, yönalişlardan birida bu körsatkiç uç kilometrga yaqinni taşkil etadi. Bu yurişlar Ukraina qurolli kuçlarining taktik vaziyatini sezilarli darajada yomonlaştirgan, ammo RF qurolli kuçlariga darhol operativ muvaffaqiyat olib kela olmagan. Şu bilan birga, bu oldinga siljişlar Rossiya armiyasi texnika böyiça katta yöqotişlari bilan keçgan: ukrainlarning tankka qarşi vositalar bilan jihozlangan hamda minalangan maydonlar bilan himoyalangan pozitsiyalari ustiga zirhli kolonnalarda hujum qilingan, şuningdek ularni havoda Ukraina qurolli kuçlarining önlab dronlari qarşi olgan. Ayrim holatlarda esa katta yöqotişlar evaziga amalga oşirilgan bu kabi yurişlar hatto taktik yutuqqa ham olib kelmagan.
Avdiyivka fronti
Fevral oyida Avdiyivka egallangaç, Rossiya qöşini şahardan ğarbdagi Durnaya daryosi vodiysidagi qişloqlar uçun jang boşladi (eng yaxşi holatda — kuniga bir neça ön metr oldinga siljidi). Avdiyivka şturmida iştirok etgan kuçlarning bir qismi esa ta’tilga yuborildi. Endi şu qöşinlar ukrain mudofaasiga çuqur zarba beriş uçun frontga qaytgan.
- Frontning janubiy qanotida RF qurolli kuçlari egallagan Tonenke va Pervomayske qişloqlari oraliğida ukrainlar mudofaasida bir neça kilometr kenglikdagi katta teşik paydo bölgan, bu hududni yopiş uçun ukrainlarda kuçlar yetarli emas. Bu uçastkada tabiiy suv tösiqlari ham yöq: bu hududda Durnaya ğarb tomon burilgan, şu tufayli Rossiya kuçlari uning sohillari böylab yuriş qiliş imkoniyatiga ega.
- Markaziy harbiy okrugning 90-tank diviziyasi 6-tank polkining kamida ikkita batalyoni uşbu böşliqqa yönaltirilgan. Ular kuzdan buyon Avdiyivka şturmida qatnaşayotgandi, ammo keyin ma’lum vaqt frontdan «ğoyib bölib qolgandi».
- Uçastka şimolida polkning zirhli tanklari kolonnasi Umanske qişloği yönalişida uç kilometr masofani bosib ötgan. Şu bilan birga, tarqalgan videolarga köra, hujum qilgan tomon 20 tagaça texnikasidan ayrilgan (şundan 10 dan ortiği tanklar). Ammo ukrain qöşini bosim ostida Umanske qişloğigaça çekinişga majbur bölgan, ular ham bir qança texnikasidan ayrilgan. 5 aprelga kelib uşbu yuriş Umanskening şarqiy çekkalarida töxtab qolgan.
- Janubroqda esa boşqa bir zirhli kolonna Pervomayske qişloği (u RF qurolli kuçlari tomonidan nazorat qilinmoqda) şimoliy çekkasidagi örmonzor böylab oldinga yura olmagan. Bu qöşin ham köp miqdordagi texnikalaridan ayrilgan. Ammo bu yerda Ukraina qurolli kuçlari muşkul ahvolga tuşib qolgan: Rossiyaliklarning bir vaqtning özida Pervomayske va Tonenke tomondan yuriş qilişi ularni keyingi himoya marrasiga — Vovça daryosi (Volçya) va undagi Karlovske suv ombori yoqasiga çekinişga majbur qilişi mumkin.

















