“Içki işlar organlarining navbatçilik qismlarida alkotester yordamida şaxslarning alkogolli içimlik iste’mol qilganini aniqlaş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.

Içki işlar organlari xodimlari yoki Milliy gvardiya organlari harbiy xizmatçilari yoki xodimlari tomonidan huquqbuzarlik sodir etganlik holatini aniqlaş maqsadida içki içlar organlarining navbatçilik qismlariga olib kelingan şaxslar alkogolli içimlik iste’mol qilgani alkotester yordamida tekşiruvdan ötkaziladi.

Quyidagilar tekşiruv ötkaziş uçun asos böladi:

  • şaxsning oğiz böşliğidan alkogol hidi kelişi;
  • şaxsning bir holatda töğri tura olmasligi (çayqalib turişi);
  • şaxs nutqining buzilgani;
  • şaxsning qöl barmoqlari qaltiraşi;
  • şaxs yuz terisi rangi sezilarli özgargani.

Mas’ul xodimlar har qanday vaziyatda tekşiriluvçi şaxs bilan vazmin, xuşmuomala, odobli va e’tiborli bölişi, ularga hurmat bilan va “siz” deb murojaat qilişi, ular bilan özaro munosabatda muomala madaniyati va qonuniylikka rioya qilişi lozim.

Ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinayotgan şaxs alkotester yordamida tekşiruvdan ötkazilib, uning organizmida alkogol mavjudligi aniqlansa, biror natijalari böyiça uşbu şaxsda e’tirozlar bölgan taqdirda, uning organizmida alkogol mavjudligini aniqlaş maqsadida tibbiy tekşiruvdan ötkaziş uçun uşbu şaxs mas’ul xodimlar tomonidan tuman (şahar) davolaş profilaktika muassasalariga olib boriladi.

Içki işlar organlarining navbatçilik qismlari alkotesterlar bilan töliq ta’minlangunga qadar şaxslar tuman (şahar) davolaş profilaktika muassasalariga qonunçilik hujjatlarida  belgilangan tartibda olib boriladi.