Prezident Şavkat Mirziyoyev Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanida qurilayotgan «Yangi Özbekiston» massivini borib kördi.
Viloyatda ilgari heç bunday keng kölamli qurilişlar bölmagan edi. Sönggi yillarda önlab zavodlar işga tuşirildi, yangi sanoat tarmoqlari paydo böldi. Şunga yaraşa ijtimoiy infratuzilma ham barpo etilmoqda.
Şarof Raşidov tumanining bu hududi adir yonbağri, undan deyarli foydalanilmas edi. Hozir 140 gektarli ulkan maydonda jadal quriliş ketmoqda. Loyiha uç bosqiçli bölib, 3 ming 936 xonadonli 105 ta köp qavatli uy barpo etilişi rejalaştirilgan. Uylar 9, 12 va 16 qavatli bölib, bu ham Jizzax şaroitida yangilik.
Ayni paytda birinçi bosqiç doirasida 204 xonadonli 4 ta köp qavatli uy, markaziy qozonxona, şourum va içki yöllar qurilgan. Yana 16 ta turar joy, maktab va maktabgaça ta’lim muassasasi, savdo markazi bunyod etiladi. “Inno texno park” aholini iş bilan ta’minlaşda qöl keladi.
Ikkinçi bosqiç 2026, uçinçisi 2028 yillarga reja qilingan. Bunda uylardan taşqari mahalla markazi, poliklinika, masjid, mehmonxona, bolalar va sport öyingohlari, “Yangi Özbekiston” boği barpo etiladi. Böş maydonlarga ham daraxtlar ekilib, xiyobonga aylantiriladi.

Davlat rahbari bu yil rejalaştirilganiga qöşimça uylar qurib, imtiyozli ipoteka kreditlari orqali aholiga xarid imkoniyatini yaratiş böyiça körsatmalar berdi. Şunga mutanosib ravişda infratuzilma tarmoqlari, maktab, bolalar boğçasi kabi ijtimoiy muassasalar qurilişini jadallaştiriş, savdo va xizmatlarni, jumladan, yöl böyida umumiy ovqatlaniş şoxobçalarini taşkil etiş muhimligi ta’kidlandi.

Jizzax viloyatida uçta şunday massiv barpo etilmoqda. Ularda 4 ming 700 xonadonga ega 156 ta köp qavatli uy quriladi. Aholi barça ijtimoiy xizmatlar bilan ta’minlanadi. “Yangi Özbekiston” massivlari quriş harakati Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 9 dekabrdagi farmoniga muvofiq boşlangan. Umuman, mamlakatimizda 53 ta massivda bunyodkorlik işlari olib borilmoqda. Bugungi kunda 14 ming 400 ta xonadonli 409 ta köp qavatli uy foydalanişga topşirilgan. Joriy yilda bunday massivlarda 31 ming 447 ta xonadondan iborat 767 ta turar joylar qurilişi belgilangan.















