Prezident Şavkat Mirziyoyev raisligida ötgan yiğilişda Jizzax viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.

Sentyabrdan boşlab Şarof Raşidov, Paxtakor, Döstlik va Mirzaçöl tumanlarini Jizzax şahri bilan boğlovçi “Irjar – Döstlik – Jizzax” yönalişida teplovoz qatnovi yölga qöyiladi. Natijada uşbu tumanlardagi 450 ming aholini şaharga qatnaşida yengillik yaratiladi.

Viloyatdagi mahallalar infratuzilmasini yaxşilaş, joylarda boğça va maktablar quriş, Jizzax şahridagi tibbiyot muassasalari va köpriklarni ta’mirlaş çora-tadbirlari yuzasidan mutasaddilarga aniq topşiriqlar berildi.

Umuman, Jizzaxda mahalla infratuzilmasini yaxşilaş, biznesni qöllab-quvvatlaş, grantlar ajratiş uçun qöşimça 300 milliard söm ajratilişi belgilandi.

Yiğilişda muhokama qilingan masalalar yuzasidan hudud va tarmoqlar rahbarlarining hisoboti tinglandi, viloyat faollari bilan muloqot böldi.