Farmonga muvofiq, Özbekiston Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini ötayotgan hamda qilmişiga çin köngildan puşaymon bölgan va tuzaliş yöliga qat’iy ötgan 426 nafar şaxs afv etildi.
Afv etilgan şaxslarning 135 nafari asosiy jazodan töliq ozod etildi, 200 nafari jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qilindi, 26 nafarining ozodlikdan mahrum etiş jazosi yengilroq jazo bilan almaştirildi. Şuningdek, 65 nafar şaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etiş jazosining muddatlari qisqartirildi.
Afv etilganlarning 11 nafarini çet el fuqarolari, 50 nafarini ayol, 13 nafarini 60 yoşdan oşgan erkaklar, 157 nafarini yoşlar (şulardan, 3 nafari voyaga yetmaganlar) hamda 5 nafarini taqiqlangan taşkilotlar faoliyatida qatnaşgan şaxslar taşkil etadi.
Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan şaxslarni oilasi va yaqinlari bağriga qaytariş, ijtimoiy hayotga moslaşib, foydali mehnat bilan şuğullanişlari, soğlom turmuş tarzini yölga qöyib, jamiyatda munosib örin topişlari uçun ularga kömak beriş böyiça mas’ul vazirlik va idoralarga tegişli topşiriqlar berildi.













