Qoraqalpoğiston Respublikasi, Nukus şahrida fuqaroni Davlat xavfsizlik xizmatiga (DXX) işga kiritib qöymoqçi bölgan şaxs qölga olindi.
Qayd qilinişiça, Xöjayli tumanida yaşovçi, 1983 yilda tuğilgan K.J. aldov yöli bilan özganing işonçiga kirib, tanişlari orqali uni DXX organlariga işga kiritib qöyiş evaziga 11 ming dollar talab qiladi. Ammo, u söralgan pul mablağini Nukus şahrida olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va prokuratura organlari xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.
Tergovga qadar tekşiruv davomida, mazkur şaxs muqaddam 4 nafar fuqaroni DXX idoralariga işga kiritib qöyişni va’da qilib, firibgarlik yöli bilan ulardan jami 65 ming dollar olgani ham aniqlandi.
Ta’kidlanişiça, K.J. muqaddam Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan 5 marotaba sudlangan. Hozir unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.












