Ukraina ğarb hamkorlaridan özining omon qolişi uçun zarur bölgan qurollarni olmayapti, dedi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 9 aprel, seşanba kuni Xarkivda Germaniyaning Bild tabloidiga, şuningdek, Axel Springer konsernining boşqa naşrlariga intervyu berib. Zelenskiyning sözlariga köra, «bizning şeriklarimizda omon qolişimiz uçun zarur bölgan ma’lum qurollar bor. Men esa nega biz bu qurollarni ololmayotganimizni tuşunmayapman».
Zelenskiy Germaniyadan TAURUS uzoq masofali qanotli raketalarni olişga umid qilişda davom etmoqda. Zelenskiy Germaniya kansleri Olaf Şols va Germaniya Bundestagining bunday yetkazib berişni rad etişini Germaniya Vladimir Putinning yadroviy tahdidlaridan qörqişi bilan boğladi. «Men tuşunganimdek, kansler Germaniya - yadroviy davlat emasligini, TAURUS raketalari esa Germaniyadagi eng kuçli qurol tizimi ekanligini aytyapti», dedi Ukraina prezidenti.
Bundan taşqari, Zelenskiy Amerika Qöşma Ştatlari uzoq vaqt davomida Amerika Kongressida ma’qullanmayotgan köp milliard dollarlik harbiy yordam paketini ajratişidan umidvor. Garçi Rossiya qurol-yaroğ va harbiylar soni böyiça ustunlikka ega bölsa-da, «birlaşgan ğarb zamonaviy qurol tizimlariga ega», bu Ukrainaga Rossiyani mağlub etişga imkon beradi, dedi Zelenskiy Bild naşriga bergan intervyusida.
Tramp Ukrainaga kelişi mumkin
Yaqin kelajakda, Zelenskiyning sözlariga köra, noyabr oyida bölib ötadigan prezidentlik saylovlarida qayta saylanişga umid qilayotgan AQŞ sobiq prezidenti Donald Tramp Ukrainaga taşrif buyurişi mumkin. Ukraina prezidenti aytganidek, Tramp uning Ukrainaga taşrif buyuriş taklifiga rozi böldi, biroq uning taşrifi aniq sanasi hali belgilanmagan.
Zelenskiy şuningdek, Ukraina uruşda mağlubiyatga uçrasa ham, uni tark etmasligini aytdi. «Men öz mamlakatimni tark eta olmayman. Heç qanday holatda», - dedi u.
Bir kun oldin, United24 platformasidagi video-konferensiya vaqtida Volodimir Zelenskiy, agar AQŞ Kongressi Kiyevga harbiy yordam paketini ajratişni ma’qullamasa, Ukraina Rossiyaga qarşi mudofaa uruşida mağlubiyatga uçraşi mumkinligi haqida ogohlantirgan edi. Yangi paketning qabul qilinişiga Donald Tramp ta’sirida bölgan Respublikaçilar partiyasi vakillari tösqinlik qilmoqda.














