"Dunyo" xabariga köra, Rimdan Toşkentga yöl olgan birinçi reys orqali 115 nafar yölovçi uçib ketdi. Ularning 95 nafarini italiyalik turistlar, 20 nafarini Özbekiston fuqarolari va turoperatorlar taşkil qildi.
Toşkent-Rim-Toşkent yönalişi böyiça parvozlar haftaning yakşanba kuniga qöyilgan. Parvozlar yölovçilar uçun xavfsizlik va qulaylikning eng yuqori standartlarini ta’minlovçi yangi Airbus A321neo samolyotlarida amalga oşiriladi.
Sayyohlar tomonidan bölgan yuqori talabga binoan Uzbekistan Airways’ning Rim yönalişi böyiça uçadigan samolyotlari Urgançda ham töxtab ötadi. Buning natijasida sayyohlik yönalişi böyiça Xorazmga taşrif buyurgan turistlar Ipak yölining asosiy manzillaridan biri bölgan köhna Xiva şahri bilan tanişlari mumkin böladi.













