Rossiya tergov organlari Aleksey Navalniyning ölimi yuzasidan tekşiruvni 20 aprelgaça uzaytirdi. Bu haqda Tergov qömitasi Yamal-Nenets avtonom okrugi böyiça Tergov boşqarmasining 10 aprel, çorşanba kuni «FBK» direktori Ivan Jdanov tomonidan Telegram’da e’lon qilingan xabarnomasida aytiladi.
«Aleksey Navalniyning ölimi böyiça dastlabki tekşiruv muddati yana 10 kunga, 20 aprelga qadar uzaytirildi. Ya’ni, Aleksey Navalniyning ölimi sabablari haqida haligaça davlatdan rasmiy ma’lumot yöq», — deb yozadi Jdanov xatning skanerini ilova qilib.
Hujjatda aytilişiça, 19 mart kuni tergov organi rahbari muxolifatçining ölimi yuzasidan jinoiy iş qözğatişni rad etiş haqidagi qarorni bekor qilgan. «Material yurituvga qabul qilingan paytdan boşlab 10 kunga qöşimça tekşiriş muddati belgilandi. Tekşiruv materiali 2024 yil 21 martda yurituvga qabul qilingan, şundan söng materialni tekşiriş muddati 30 kungaça uzaytirilgan», - deyiladi öta muhim işlarni tergov qiliş bölimi boşliği örinbosari adliya mayori Aleksandr Varapayev imzolagan 9 apreldagi xabarnomada.
Aynan şu tergovçi Aleksey Navalniy koloniyada vafot etganidan söng, siyosatçining yaşirin dafn marosimini ötkaziş talabini ilgari surib, uning jasadini onasiga topşirişdan boş tortdi. Şundan söng Kanada Varapayevga qarşi şaxsiy sanksiyalar kiritdi.













