Ukraina Oliy radasi mahbuslarni safarbar qilişga ruxsat berişi mumkin. 10 aprel, çorşanba kuni deputatlar harbiy holat davrida harbiy xizmatni şartnoma böyiça ötaş uçun mahkumlarni şartli ravişda ozod qiliş imkoniyatini nazarda tutuvçi qonun loyihasini birinçi öqişda qabul qildi. Hujjatni 281 deputat qöllab-quvvatladi, minimal talab - 226 nafar.

Şunday qilib, mahkumlarning jangovar harakatlarda ixtiyoriy iştirok etişiga ruxsat beriş közda tutilgan. Şu bilan birga, Ukraina milliy xavfsizligi asoslariga qarşi jinoyatlar, ikki yoki undan ortiq şaxsni qasddan öldiriş, şuningdek zörlaş yoki jinsiy zöravonlik bilan boğliq jinoyatlar uçun ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga hukm qilingan mahkumlarga nisbatan şartli ravişda ozod etiş qöllanmaydi.

Ozodlikka çiqarilganlar ma’muriy nazoratga olinadi

«Jamiyat tuşunişi kerakki, panjara ortida ötirganlarning hammasi ham jinoiy va ğayriijtimoiy unsurlar emas. Mahbuslarning köpçiligi yöl-transport hodisalari yoki moliyaviy jinoyatlar tufayli panjara ortiga qamalgan, ular öz vatanini himoya qiliş uçun ruxsat sörab yuzlab xat yozgan», dedi qonun loyihasi mualliflaridan biri bölgan Radaning Davlat hokimiyati, mahalliy özini özi boşqariş, mintaqaviy rivojlaniş va şaharsozlik qömitasi rahbari Yelena Şulyak.

Qonun loyihasida harbiy xizmatni ötaşdan muddatidan oldin şartli böşatiş töğrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilinişi va bunday ozod etilganlar harbiy qismlarning ixtisoslaştirilgan bölinmalariga yetkazilganidan söng ular ma’muriy nazoratga olinişi nazarda tutilgan. Bundan taşqari, sobiq mahkumlarning harbiy xizmatdan böyin tovlagani uçun javobgarlik 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş tarzida belgilanadi.

Prezident Volodimir Zelenskiy aprel oyi boşida Ukrainada 25 yoşdan boşlab safarbarlikka çaqiriş töğrisidagi yangi qonunni imzoladi.