"Dunyo" xabariga köra, mazkur kutubxona 2018 yilda hozirgi Qatar amirining volidasi Şayxa Muza bint Nosir Al-Misnad taşabbusi bilan bunyod etilgan bölib, dunyodagi nodir me’morçilik andozalaridan biri hisoblanadi. Kutubxona eng zamonaviy texnologiyalarga ega.
Muloqot çoğida Hamad Al-Kuvariy Özbekistonning boy madaniy merosi, Samarqand, Buxoro, Xiva kabi qadimiy şaharlari, Imom Buxoriy, Imom at-Termiziy kabi buyuk ulamolarining Islom sivilizatsiyasiga qöşgan hissasi arab xalqlari tomonidan qadrlanişini ta’kidladi.
Muzokaralar natijasida Abu Rayhon Beruniy nomidagi Şarqşunoslik instituti bilan qölyozmalar yönalişida Qatar milliy kutubxonasi bilan hamkorlikni örnatiş, şuningdek, Hamad Al-Kuvariyning Özbekistonga taşrifini amalga oşiriş böyiça kelişuvlarga erişildi.













