Mi-24 vertolyoti Qora dengiz uzra parvoz qilayotganda halokatga uçradi, deb xabar berdi Rossiya Mudofaa vazirligiga tayanib «RIA Novosti».

«2024 yil 10 aprel kuni Moskva vaqti bilan taxminan soat 06:00 da Qrim Respublikasining ğarbiy sohillari yaqinida Qora dengiz uzra rejali parvozni amalga oşirayotgan Mi-24 vertolyoti halokatga uçradi. Halokatning dastlabki sababi - nosozlik. Voqea joyida qidiruv-qutqaruv xizmati işlamoqda», deyiladi xabarda.

Şu bilan birga, Ukraina tomoni Mudofaa vazirligi e’lon qilişidan biroz oldin Qrimda Rossiya vertolyoti yöq qilinganini e’lon qildi. Biroq, Ukraina Qurolli kuçlari Harbiy-dengiz kuçlari spikeri Dmitriy Pletençuk sözlariga köra, gap Ka-27 vertolyoti haqida ketmoqda. Keyinçalik u ma’lumotga aniqlik kiritdi: «Vertolyot portladi, sabablari hali aniqlanmagan».

Spiker voqea böyiça tasdiqlangan ma’lumot berişga hozirça tayyor emasligini ta’kidladi, biroq vertolyot Çernomorskoye qişloği yaqinida qulaganini qöşimça qildi.

Şu bilan birga, rossiyaparast blogerlarning ta’kidlaşiça, Mi-24 vertolyoti xatolik tufayli Rossiya havo mudofaasi tomonidan urib tuşirilgan bölişi mumkin.