
1 apreldan buyon Yaqin Şarq Isroilning Suriyadagi Eron konsulligiga Eronning javobini kutmoqda. Ötgan vaqt içida Islom Respublikasi Isroil hududiga yoki uning diplomatik obektlariga hujum qiliş arafasida turgani haqida bir neça bor xabarlar tarqaldi, ammo hozirça bunday zarba bölmadi. Tehron umuman javob bermay keta olmaydi: konsulxonaga zarba — juda jiddiy çaqiriqdir. Eron hukumati Isroilning öz hududiga töğridan töğri javob zarbasiga olib kelmaydigan, şu bilan birga, yetarliça işonarli qasos aksiyasini amalga oşirişi talab etiladi. Şarqşunos, «Dejurnyy po Iranu» telegram-kanali muallifi Nikita Smagin «Meduza» naşriga mintaqada katta uruş ehtimoli qançalik ekani va yaqin vaqtlar içida nimalar kutiş mumkinligi borasida sözlab berdi.
Isroilning zarbasi — nafaqat pretsedent, balki butun dunyo, jumladan AQŞ uçun muhim signal
Isroil harbiy-havo kuçlari 1 aprel kuni Eronning Damaşqdagi konsulxonasi böylab raketa zarbasi yölladi. Yetti nafar eronlik harbiy halok bölgan, jumladan Islom inqilobi muhofizlari korpusining «Al-Quds» bölinmasi generallari Muhammad Rizo Zohidiy va Muhammad Hodi Hoji Rahimiy.
Bu zarbani muhim pretsedent (avval kuzatilmagan voqea) deb ataş mumkin. Bunga qadar Isroil bir neça bor Eron obektlari hamda Suriyadagi eronparast kuçlarga zarbalar yöllagan, ammo heç qaçon diplomatik binoga hujum qilmagandi. Bundan taşqari, bir neça yuqori martabali harbiylar öldirildi, general Zohidiy Islom inqilobi muhofizlari korpusining Suriya va Livandagi amaliyotlarini boşqarardi. Bu 2020 yil «Al-Quds» bölinmasi qömondoni Qosim Sulaymoniy Iroqda öldirilganidan buyon Eron uçun (agar öldirilganlar soni emas, ularning maqomi hisobga olinsa) Yaqin Şarqda eng katta yöqotişi böldi.
Isroilning zarbasini jahon böylab xavotir bilan qarşi olişdi — uni köplab mamlakatlar, jumladan Saudiya Arabistoni, Turkiya, Rossiya va Xitoy ham qoralaşdi. Şuningdek, BMT boş kotibi Antoniu Guterriş tanqidiy çiqiş qildi. Diplomatik obektlar daxlsizligi xalqaro huquqning muhim qismi hisoblanadi — va bu jihatdan Isroilning harakatlari Erondan boşqalarni ham taşvişga solmoqda.













