AQŞning Isroildagi elçixonasi Eron tahdidlari fonida öz xodimlarining harakatlanişini çeklab qöydi va xavfsizlik nuqtayi nazaridan Quddus, Tel-Aviv va Berşebadan taşqariga çiqişni taqiqladi, deb xabar berdi VVS Britaniya mediakompaniyasi 12 aprel, juma kuni.
AQŞ Davlat departamenti vakili Metyu Miller jurnalistlar bilan suhbatda bunday ehtiyot çoralari sabablarini oşkor qilmadi va faqatgina Qöşma Ştatlar «Yaqin Şarqdagi vaziyatni va ayniqsa Isroilga tahdidlarni diqqat bilan kuzatib borayotganini» aytdi.
Bir kun avval AQŞ prezidenti Jo Bayden Eron Suriya poytaxti Damaşqdagi Eron konsulligida yaqinda Eron Islom inqilobi muhofizlari korpusi (IIMK) qömondonlarining öldirilganiga javoban Isroildagi nişonlarga zarba berişni rejalaştirayotganini aytgan edi. Oq uy rahbarining qöşimça qilişiça, uşbu tahdidlar nuqtayi nazaridan Amerikaning Isroilni qöllab-quvvatlaşi qat’iy bölib qoladi.
Eron hujumi 24-48 soat içida kutilmoqda
Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) gazetasiga köra, Isroil yaqin 24-48 soat içida Erondan töğridan töğri hujum kutmoqda. Taxminlarga köra, mamlakat janubi yoki şimoliga hujum qilinadi. Şu bilan birga, Axios axborot resursi manbalarining qayd etişiça, mintaqadagi vaziyat keskinlaşuvi oldini oliş maqsadida Eron hujumi çeklangan böladi.
1 aprel kuni Isroil samolyotlari Damaşqdagi Eron konsulligiga hujum qildi. IIMKning yetti nafar a’zosi, jumladan «Al-Quds» maxsus bölinmasi qömondoni general Muhammad Rizo Zohidiy va general Muhammad Hodi Hoji Rahimiy halok böldi. Şundan söng Eron oliy yetakçisi Oyatulloh Ali Xomanaiy «sionistik rejim jazolanişini» aytdi.
7 aprel kuni Xomanaiy harbiy maslahatçisi Isroil elçixonalarining heç biri «endi xavfsiz emas» deb tahdid qildi. Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Isroil har qanday javobga tayyorligini aytdi. «Kim bizga zarar yetkazsa yoki bizga zarar yetkazişni rejalaştirsa, biz ularga zarar beramiz», deb ogohlantirdi u.














