Yaqin Şarqdagilar Damaşqdagi konsulxonaga qilingan hujumga javoban Eron Isroil böylab zarba yöllaşini kutişmoqda. AQŞ, Britaniya, Rossiya va boşqa mamlakatlar diplomatlarining Isroil böylab harakatlanişini çeklamoqda hamda öz fuqarolariga uşbu mintaqaga bormay turişni tavsiya etmoqda.

Vaşington AQŞning Isroildagi elçixonasi xodimlari va ularning oila a’zolarining mamlakat böylab harakatlanişini çeklagan.

Amerika elçixonasi xodimlariga «xavfsizlik nuqtayi nazaridan» Tel-Aviv, Quddus va Beer-Şevadan taşqariga çiqiş taqiqlangan. Elçixona saytida aytilişiça, bu çeklov «keyingi xabarnomagaça» amal qiladi.

«Amerika rasmiy şaxslari ogohlantirişiça, hozirda gap Eron javob qaytarişi yoki qaytarmasligi haqida emas, qaçon javob qaytarişi haqida ketmoqda», — deya qayd etadi BBC’ning Yaqin Şarqdagi korrespondenti Hyugo Baçega.

Özbekistonning Isroildagi elçixonasi uşbu mamlakatda bölib turgan özbekistonliklarni öz yaşaş joyini tark etmaslikka çaqirgan.

«Özbekistonning Isroildagi elçixonasi mintaqadagi vaziyat tufayli Isroil hududida bölib turgan fuqarolardan ehtiyotkorlik va xavfsizlik çora-tadbirlarini köriş hamda doimiy ravişda huşyorlik zarurligini eslatadi.
Uşbu ziddiyatli kunlarda şaxsiy xavfsizlikka tahdid solişi mumkin bölgan holatlarning oldini oliş uçun zaruratsiz yaşab turgan joyingizni tark etmaslikni tavsiya qilamiz», deyiladi xabarda.

Buyuk Britaniya taşqi işlar vazirligi ham «Isroilga Eron tomonidan hujum bölişi ehtimoli» töğrisida xabar e’lon qilgan. Buyuk Britaniya öz fuqarolarini ötgan yil oktyabridan buyon Isroilga safar qiliş xavfli ekani töğrisida ogohlantirib keladi.

Rossiya TIV rossiyaliklarga Isroil, Livan, Falastin hududlari va umuman uşbu mintaqaga sayohat qilmaslikni tavsiya etgan.

«Biz Rossiya fuqarolariga öta zarurat bölmaganda uşbu mintaqaga, ayniqsa Isroil, Livan va Falastin hududlariga sayohat qilişdan tiyilişni qat’iy tavsiya qilamiz», — deya TIV rasmiysi Mariya Zaxarovadan iqtibos keltirgan naşrlar.