2023 yilda Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot taşkiloti (IHTT) mamlakatlari rivojlanayotgan davlatlarga avvalgidan köra köproq yordam körsatdi. Tölovlarning umumiy miqdori 223,7 milliard dollarga yetdi. IHTT 11 aprel, payşanba kuni Parijda tegişli hisobotni e’lon qildi. Bir yil avval bu körsatkiç 211 milliard dollarni taşkil qilgan edi. 

Beş yil içida yordam hajmi uçdan bir qismga oşdi 

2023 yilda yordam hajmi 2019 yilga nisbatan uçdan bir köp böldi. Bu ösiş pandemiya tufayli qöşimça tölovlar, şuningdek, Rossiyaning Ukrainaga töliq miqyosda hujumi bilan boğliq. 

Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiy ösişning sekinlaşişi tufayli jabr körmoqda, iqlim özgarişi, iqtisodiy va ijtimoiy tengsizlik çuqurlaşişi esa vaziyatni yanada oğirlaştirmoqda, dedi IHTT boş kotibi Matias Korman. Şuning uçun, dedi u, eng zaif mamlakatlarga yordamni davom ettiriş kerak. 

Germaniya va AQŞ - eng yirik donorlar qatorida 

AQŞ, Germaniya, Yaponiya, Britaniya va Fransiya eng yirik donorlar bölib qolmoqda. «Donor davlatlar ketma-ket beşinçi yil rekord darajada xalqaro yordam körsatmoqda», - deya ta’kidlab ötdi IHTT rahbari. 

IHTT tarkibiga demokratiya va bozor iqtisodiyotiga sodiq 38 ta davlat kiradi.