Yevropa Ittifoqi Rossiyaga nisbatan alohida sanksiyalar rejimini muhokama qilmoqda. Buni DW naşriga 11 aprel, payşanba kuni Yevropa Ittifoqidagi bir qator manbalar tasdiqladi. Tahririyatda mavjud bölgan hujjatga köra, uşbu rejimni yaratiş taşabbuskorlari Boltiqböyi mamlakatlari, Polşa, Çexiya, Ruminiya, Finlandiya va Şvetsiya bölgan. Ularning fikriça, Belarus, Eron, Venesuela va KXDR kabi muayyan davlatlarning hukmron rejimlariga qarşi boşqa sanksiya rejimlariga öxşab, Rossiya Federatsiyasiga qarşi sanksiyalar rejimini joriy etiş uçun jiddiy sabablar mavjud.
Rossiya Federatsiyasiga qarşi alohida sanksiyalar rejimi mamlakat içidagi vaziyatni yomonlaştiriş uçun aybdorlarni jazolaşda qonuniy asos yaratişga qaratilgan. «[Sanksiyalar] röyxatiga kiritiş mezonlari inson huquqlari bilan boğliq vaziyatning yomonlaşuvi, siyosiylaşgan sud tizimi va fuqarolik jamiyatiga nisbatan repressiya, jumladan, demokratiya va qonun ustuvorligiga putur yetkazuvçi harakatlarni qamrab olişi kerak», deyiladi hujjatda. Taşabbuskor davlatlarning taşqi işlar vazirliklari uşbu sanksiya rejimi böyiça röyxatlar tuzişda takliflar kiritişga tayyor.
Masalan, «Rossiyaning repressiv davlat apparati» vakillariga, şu jumladan fuqarolik jamiyati va demokratik muxolifat vakillariga nisbatan siyosiy sabablarga köra sud qarorlarini qabul etişda iştirok etgan va keyinçalik ularni qölga olişda qatnaşgan şaxslarga nisbatan çeklovçi çoralarni joriy etiş taklif qilinmoqda. Ular sud tizimi (prokurorlar, sudlar, jazoni ijro etiş muassasalari) vakillari». Taklif 28 fevral kuni Yevropa Ittifoqi taşqi siyosat xizmatiga taqdim etilgan.
10 aprel kuni Yevroparlamentda sözga çiqqan Yevropa Ittifoqining taşqi siyosat va xavfsizlik böyiça oliy vakili Jozep Borrel YeI davlatlari «Rossiyaga qarşi yangi alohida sanksiyalar tartibi»ni muhokama qilayotganini aytdi va bu rejim tezda tasdiqlanişiga umid bildirdi. Qaror 6-9 iyun kunlari bölib ötadigan Yevropa parlamenti saylovlari oldidan qabul qilinişi kutilmoqda.
Yevropa Ittifoqining Rossiya Federatsiyasiga qarşi hozirgaça 13 ta sanksiyalar paketi kiritilgan, biroq ularning barçasi Ukraina hududiy yaxlitligi va suverenitetini buziş, unga qarşi harbiy tajovuzni ta’qib etişga qaratilgan. Bundan taşqari, rossiyaliklar inson huquqlarini buzuvçilar global röyxatida ham bor. Uşbu sanksiyalar rejimiga yaqinda Aleksey Navalniy nomi berildi.













