Germaniya taşqi işlar vazirligi 12 aprel, juma kuni keçqurun Germaniya fuqarolarini mintaqadagi vaziyatning keskinlaşişi xavfi yuqoriligi sababli Eronni tark etişga va bu davlatga sayohat qilişdan tiyilişga çaqirdi. «Keskinlaşuv havo, quruqlik va dengiz transporti yönalişlariga ham ta’sir qilişi, Eronga kiriş va çiqişga tegişli çeklovlar qöyişini istisno qilib bölmaydi», - deya ta’kidladi Germaniya TIV.
AQŞ prezidenti Jo Bayden 12 aprel kuni Vaşingtonda bölib ötgan brifingda Eronning Isroilga hujumini «muqarrar» deb atadi va bu «ertaroq» sodir bölişini aytdi. Şu bilan birga, Bayden öz ma’muriyati Isroil tomonida ekanini oçiq aytdi. «Biz Isroilni himoya qilişga yordam beramiz va Eron muvaffaqiyatga erişa olmaydi», dedi u.
Bir kun avval Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi Tehronga parvozlarni töxtatib turiş muddatini 18 aprelgaça uzaytirişini e’lon qildi. «Aviakompaniya endi Eron havo hududidan foydalanmaydi», — deya Lufthansa vakili sözlaridan iqtibos keltirgan AFP. Kompaniya samolyotlari 6 apreldan beri Tehronga uçmayapti. Avstriyaning Austrian Airlines aviakompaniyasi Lufthansa’dan örnak olib, Eron poytaxtiga parvozlarning 18 aprelgaça töxtatilişini «Yaqin Şarqdagi hozirgi vaziyat» bilan izohladi.
Eron yaqin kunlarda hujum qilişi kutilmoqda
Amerikaning The Wall Street Journal (WSJ) gazetasiga köra, Isroil yaqin 24-48 soat içida Erondan töğridan töğri hujum sodir bölişini kutmoqda. Taxminlarga köra, mamlakat janubi yoki şimoliga hujum qilinadi. Şu bilan birga, Axios axborot resursi manbalari qayd etişiça, mintaqadagi vaziyat keskinlaşuvining oldini oliş maqsadida Eron hujumi çeklangan böladi.
1 aprel kuni Isroil samolyotlari Damaşqdagi Eron konsulligiga hujum qildi. IIMKning yetti nafar a’zosi, jumladan «Al-Quds» maxsus bölinmasi qömondoni general Muhammad Rizo Zohidiy va general Muhammad Hodi Hoji Rahimiy halok böldi. Şundan söng Eron oliy yetakçisi Oyatulloh Ali Xomanaiy «sionistik rejim jazolanişini» aytdi.
7 aprel kuni Xomanaiy harbiy maslahatçisi Isroil elçixonalarining heç biri «endi xavfsiz emas» deb tahdid qildi. Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu Isroil har qanday javobga tayyorligini aytdi. «Kim bizga zarar yetkazsa yoki bizga zarar yetkazişni rejalaştirsa, biz ularga zarar beramiz», deb ogohlantirdi u.














