Eron 12 aprel, juma kuniyoq Isroilga yirik hujum uyuştirişi mumkin, deb xabar bergan CBS telekanali amerikalik ikki rasmiyga tayanib. Bu hujum Isroil harbiy-havo kuçlari Damaşqqa yöllagan aviazarba oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining yetti zobiti halok bölganiga Tehronning javobi böladi.

Naşr suhbatdoşlari ta’kidlaşiça, Eronning nişoni Isroildagi harbiy obektlar böladi, qasos aksiyasida esa 100 dan ortiq pilotsiz uçiş apparatlari va önlab raketalardan foydalaniladi. Amerikalik mulozimlar isroilliklar bunday kölamdagi hujumdan himoyalanişi qiyin bölişini ham aytişgan.

11 aprel kuni Wall Street Journal naşri Isroil yaqin 24–48 soat içida Eron tomondan mamlakat janubi yoki şimoliga töğridan töğri hujum bölişiga tayyorgarlik körayotganini xabar qilgandi. Şu bilan birga Axios manbalari eronliklar hujumi mintaqadagi vaziyatni keskinlaştirmaslik uçun çeklangan darajada bölişini qayd etgandi. Politico ham Eron AQŞ aralaşuviga olib keladigan mintaqaviy mojaro qözğatmoqçi emasligi haqida signal beriş uçun Isroil böylab yirik javob zarbasi yöllaş böyiça rejasiga özgartiriş kiritganini ma’lum qilgan.

Nima bölganda ham amerikalik mulozimlar Eronning javob zarbasi muqarrar ekanini aytişmoqda. 11 aprel kuni AQŞ Davlat departamenti Isroilda bölib turgan öz fuqarolarini raketa zarbalaridan yaxşiroq himoyalangan yirik şaharlardan taşqariga çiqişdan tiyilişga çaqirgandi.

Şu kuni AQŞ Markaziy qömondonligi (CENTCOM) rahbari general Erik Kurilla Eronning kutilayotgan zarbasi bilan boğliq harakatlarni muvofiqlaştiriş uçun Isroilga taşrif buyurdi, Pentagon rahbari Lloyd Ostin esa isroillik hamkasbi Yoav Galant bilan telefon muloqoti ötkazib, uni «doimiy qöllab-quvvatlaşi»ni va’da qildi.

  • 1 aprel kuni keçqurun Isroil mudofaa armiyasi Damaşq böylab aviazarba yöllagandi. Eron va Suriya hukumatlari Isroil harbiy-havo kuçlari nişoni Eronning uşbu arab respublikasidagi konsulxonasi bölganini ma’lum qilgan. Isroil hukumati odatda Suriya va Livan böylab zarbalarini tasdiqlamaydi va inkor ham etmaydi, ammo bu zarbadan keyin yakson etilgan bino diplomatik maqomga ega bölmaganini ta’kidladi.
  • Aviazarba oqibatida Islom inqilobi muhofizlari korpusining ikki nafar yuqori martabali generali hamda beş nafar zobiti halok bölgan. Tehron darhol javob çoralari köriş huquqini özida qoldirişini ma’lum qildi. Eron tomonidan tahdid fonida Isroil hukumati havo hujumidan mudofaa tizimlarining zaxiradagi operatorlarini safarbar qilib, harbiy xizmatçilar uçun ta’tilni bekor qildi va mamlakatning markaziy qismlarida GPS signallarini öçirib qöya boşladi.