Turkiyaning Antaliya viloyati Koniyaalti tumanida dor yöli kabinalaridan biri yerga quladi. Natijada bir kişi halok böldi, deb xabar berdi TRT Haber.
Dor yöli tayançlaridan biri uzilib ketişi oqibatida kabinalardan biri yerga qulagan. Kabina içida 8 kişi bölgan. Bir kişi halok bölgan. Voqea natijasida jami 10 kişi turli darajadagi tan jarohati olgan. Jarohatlanganlar orasida Qirğiziston fuqarosi — Akmaral Abdildayeva ham bölgan.


Voqea sabab dor yöli harakat töxtab qolgan, köplab odamlar kabinalarda qolib ketgan.
Jarohatlanganlar va kabinalarda qolib ketganlar vertolyot yordamida evakuatsiya qilinmoqda. Hozirgaça 19 kabinadan jami 137 kişi yerga olib tuşilgan. Beşta kabinadagi 29 kişini qutqariş işlari esa davom etmoqda.
Voqea joyida öt öçiriş, politsiya, soğliqni saqlaş va qutqaruv guruhi xodimlari faoliyat olib bormoqda.
Mamlakat adliya vaziri Yilmaz Tunç holat yuzasidan tergov harakatlari boşlanganini ma’lum qildi.











