Joriy yilning 12 aprel kuni soat 22:20 larda Mirzo Uluğbek tumani Yangi Özbekiston köçasida yöl-transport hodisasi kuzatildi.
Toşkent şahar IIBB YHXB xabariga köra, 2005 yilda tuğilgan haydovçi I.Q. boşqaruvidagi “Monza” rusumli avtomaşina, 1997 yilda tuğilgan haydovçi X.N. boşqaruvidagi BYD rusumli avtomaşina, 1993 yilda tuğilgan haydovçi A.A. boşqaruvida bölgan “Kobalt” rusumli avtomaşinalar töqnaşuvi oqibatida yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
YTH oqibatida tan jarohati olganlar yöq. Holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan suriştiruv harakatlari olib borilmoqda.
“Barça haydovçilardan belgilangan qoidalarga amal qilişni hamda oraliq masofani saqlab harakatlanişni söraymiz”, deyiladi xabarda.











