Puşkin nomidagi rus tili instituti Rossiyaga kelayotganlar uçun rus tili imtihonini özgartirişni, uni murakkab qilişni taklif etdi.
Institut rektori Natalya Truxanovskaya sözlariga köra, mehnat migrantlari uçun imtihonning oğzaki qismini qaytariş tavsiya etiladi. U 2021 yilda imtihondan (nafaqat rus tili, balki tarix va qonunçilikni ham öz içiga oladi) olib taşlangan edi. Ammo Truxanovskaya «oğzaki jonli muloqot bölajak mehnat migranti öz kasbini munosib darajada bajara olişining, jamiyatda ijtimoiylaşuvining asosiy kafolati», deb hisoblamoqda.
«Migrant Rossiya tarixini bilişi va Moskva xaritasida Qizil maydonni qançalik tez topişi unçalik muhim emas. U rusça nutqni tuşunişi kerak», deb qöşimça qildi institut rahbari.
Bundan taşqari, institut yaşaş uçun ruxsatnoma yoki fuqarolikni oliş uçun testni baholaşni qayta körib çiqişni taklif qildi, bunda maksimal 100 balldan 50 ball emas, balki 80 ball töplangan bölsa, imtihondan ötilgan hisoblanadi.
Truxanovskaya sözlariga köra, institut takliflari «rezonans beradi», lekin ularni amalga oşiriş «har doim ham oson emas».













