Samarqand viloyati Urgut tumanida harakatlanib ketayotgan maşina YHXB xodimlari tomonidan töxtatilganda undan qoradori topilgan. Bu haqda viloyat IIB YHXB axborot xizmati xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 13 aprel kuni soat 17:50 larda Urgut tumani Navoiy şohköçasida harakatlanib kelayotgan “Kobalt” Urgut tumani IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan töxtatilgan.
Hujjatlarni közdan keçiriş davomida haydovçi özini şubhali tutgani sababli sohaviy xizmat xodimlari va xolislar iştirokida maşinaning saloni közdan keçirilgan.
Şunda maşinada yelim paketga öralgan töq jigar rangli, ötkir hidli yopişqoqsimon, taxminan oğirligi 600 gramm bölgan opiy giyohvandlik moddasi borligi aniqlangan.
Qayd etilişiça, holat yuzasidan Samarqand viloyati IIB tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalariga asosan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki suriştiruv işlari olib borilmoqda.













