Ukraina qurolli kuçlari tomonidan Zaporijjya viloyatida Rossiya qöşinlari tomonidan egallab olingan Tokmak şahrining öqqa tutilişi natijasida qurbonlar soni 16 kişiga yetdi. Bu haqda Rossiya tomonidan tayinlangan mintaqa «gubernatori» Yevgeniy Balitskiy 14 aprel, yakşanba kuni özining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Halok bölganlar orasida uç nafar bola ham bor. Balitskiyning sözlariga köra, zarbadan jabrlangan 20 kişidan 12 nafari kasalxonada oğir ahvolda, yana sakkiz kişi statsionar davolanişga ötkazilgan.

Zaporijjya viloyatining Rossiya tomonidan tayinlangan ma’muriyati rahbari sözlariga köra, zarba 12 aprel kuni Tokmak şahridagi köp xonadonli sektorga berilgan. Natijada 25 ta xususiy sektor va 9 ta köp qavatli uy gazsiz qolgan. 

Ukraina qurolli kuçlari vakillari voqea yuzasidan izoh bermadi.