Toşkent şahri Çilonzor tumanida “103” maşinasiga yöl berib, qoidani buzgan haydovçi jarimasi bekor qilindi, deb ma’lumot berdi Soğliqni saqlaş vazirligi.
SSV xabariga köra, haydovçi Çilonzor tumani Katta Xirmontepa köçasi 48-uy qarşisida svetoforning taqiqlovçi qizil çiroğida özining “Kobalt” rusumli avtomobilida töxtab turganida ortidan kelgan “Tez yordam” avtomaşinasiga qoidani buzib yöl bergan. 2 kundan keyin uning yaşaş manziliga jarima qoğozi borgan. Holat Toşkent şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi tomonidan örganilib, haydovçiga qöllangan jarima bekor qilingan.
“Maxsus baza orqali tekşirilganda uşbu fuqaro öz avtotransport vositasida svetoforning taqiqlovçi qizil çiroğida töxtab turgan vaqt “Tez yordam” avtomaşinasiga yöl bergani aniqlandi. Haydovçi qoidani buzgan bölsa ham jarima jazosi örnatilgan tartibda bekor qilindi”, – deydi Toşkent şahar Yöl harakati xavfsizligi boşqarmasi matbuot kotibi Qahramon Xudoyberganov. Şuningdek, haydovçi fuqarolik burçini vijdonan bajargani uçun boşqarma tomonidan taqdirlangan.
Vazirlik haydovçilardan xuşyor bölib, imtiyozli transport vositalariga yöl berişlarini va buning uçun ularga jarima solinişidan xavfsiramaslikni söragan.












