Özbekiston mobil internetning hamyonbopligi reytingida Markaziy Osiyo davlatlari içida eng yaxşisi böldi. Bu reytingda aloqa xarajatlari darajasi mamlakatdagi örtaça iş haqiga nisbatan foizda hisobga olinadi. Bu haqda Britaniyaning Broadband Genie xizmati xulosalaridan ma’lum bölmoqda.
Umuman olganda, ekspertlar 10 Gb trafikli tarif rejasining örtaça narxini ma’lumot birligi sifatida olib, 179 mamlakatdagi vaziyatni örganib çiqqan.
Sobiq SSSR tarkibiga kirgan Markaziy Osiyo respublikalari orasida Özbekiston reytingda eng yaxşi körsatkiçni qayd qildi – 43-örin. Örtaça iş haqi 364 dollar bölgan aholi 10 Gb mobil internetga bor-yöği 4,36 dollar yoki maoşining 1,2 foizini sarflamoqda.
Qozoğiston röyxatning 63-qatorida: daromad 583,6 dollar, aloqa xarajatlari 9,79 dollar yoki daromadning 1,68 foizi.
Qirğiziston 90-örinni egalladi: örtaça 313 dollarga yaqin daromad olgan mamlakat aholisi 7,61 dollarga internet traffik sotib oladi va şu tariqa öz daromadlarining 2,43 foizini uşbu ehtiyojlarga sarflaydi.
Tojikiston yakunda 163-örinni egalladi. Respublika aholisi tadqiqot standartlariga javob beradigan mobil internetga taxminan 13,77 dollar sarflaydi. Loyiha mualliflariga köra, mamlakatda örtaça iş haqi 170 dollarni taşkil qiladi. Şu tariqa, Tojikiston fuqarolari daromadining 8 foizini smartfonlar yordamida internetga kirişga sarflaydilar.
Reytingda Turkmaniston böyiça ma’lumotlar yöq.
Dunyoda eng hamyonbop mobil internetga ega mamlakatlar: Singapur (10 Gb traffik narxi - $17,13, daromadning 0,35 foizi), Lyuksemburg ($21,16, 0,4 foiz) va Isroil ($12,2, 0,47 foiz) ekani ma’lum böldi.













