2024 yil 9 aprel kuni jinoyat işlari böyiça Çilonzor tumani sudida şahvoniy şilqimlikda ayblangan yigitga nisbatan sud hukmi öqildi. Kun.uz sud qarorini örgandi.

Qarorda keltirilişiça, 27 mart kuni 1999 yilda tuğilgan X.A. metroning “Paxtakor” bekatidan “Novza” bekati tomonga borayotganida vagon içidagi tirbandlikdan foydalanib, öziga notaniş bölgan M.T.ning belidan past qismini uşlab, tegajoqlik qilgan.

Sud majlisida söroq qilingan huquqbuzar metro vagoni içida tirbandlik bölganligi sababli odamlar bir-biriga tegib turganligini, şu vaqtda özi bilmagan holda M.T. ismli qizning belidan pastki qismiga tegib ketganligini bildirgan. U qilgan işidan puşaymondaligini aytib, öziga nisbatan yengillik berişni söragan.

Sud tomonidan X.A. Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasida nazarda tutilgan (şahvoniy şilqimlik) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan. Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

2024 yil 8 aprel kuni ham jinoyat işlari böyiça Çilonzor tumani sudida metroda sodir etilgan şahvoniy şilqimlik bilan boğliq iş körib çiqilgan edi. Unda metroning «Çilonzor» yönalişidagi elektropoyezd vagoni içida 2003 yilda tuğilgan fuqaro A.N. öziga notaniş bölgan ayolning bel va tanasining boşqa qismlarini qöli bilan uşlab, şilqimlik qilgani uçun 5 sutkaga qamalgandi.

Avvalroq Kun.uz Toşkent metrosida ayollarga alohida vagon mavzusini kötargan hamda ayrim faollar ayollar hurmat qilinadigan jamiyatda nafaqat metro, balki boşqa jamoat transportlarida ham bu taşabbus amalga oşirilişi kerakligini ma’lum qilgandi.