2024 yilning may oyidan boşlab aholi uçun elektr energiyasi va tabiiy gaz tariflar özgarişi munosabati bilan kam ta’minlangan oilalarga va ayrim toifadagi iste’molçilarga ijtimoiy yordamlar körsatiladi. Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi ma’lum qildi.

Pensiya va nafaqalarning minimal miqdorlari oşiriladi

1 maygaça bölgan muddatda yoqilği-yenergetika resurslari narxlari oşişini hisobga olib, minimal iste’mol xarajatlari qiymati qayta körib çiqiladi.

Bunda, 1 millionga yaqin eng kam pensiya va nafaqa oluvçilarning pensiya va nafaqa miqdorlari minimal iste’mol xarajatlari qiymatidan kam bölmagan miqdorda qayta hisoblanadi.

Kam ta’minlanganlarga noyabrda 270 ming söm moddiy yordam beriladi

Aholining muhtoj qatlamlarini isitiş mavsumida qöşimça ijtimoiy himoyasini ta’minlaş uçun 2024 yil noyabrda “Ijtimoiy himoya” yagona reyestri orqali bolalar nafaqasi va moddiy yordam tayinlangan oilalarga 270 ming söm miqdorida bir martalik kompensatsiya ajratiladi.

Bu kompensatsiya bilan qariyb 1,5 millionta kam ta’minlangan oilalar qamrab olinadi.

Kompensatsiya “mahalla yettiligi” xulosalari asosida, “Ijtimoiy himoya” yagona reyestriga kirmagan qöşimça 200 mingdan ortiq muhtoj oilalarga ham tölab beriladi.

Bunda, “mahalla yettiligi” tomonidan muhtoj oilalar röyxatlari uyma-uy yurgan holda şakllantiriladi.

Gaz va svetdan bazaviy me’yordan ortiq foydalanilganda xarajatlarning bir qismi qoplanadi

Elektr energiyasi va tabiiy gaz böyiça quyidagi miqdorlardagi iste’mol uçun bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oşgan narxlar örtasidagi farq kompensatsiya qilib beriladi:

  • tabiiy gaz uçun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 250 kub metrgaça;
  • elektr energiyasi uçun – oyiga bazaviy me’yordan ortiq foydalanilgan 150 kWh'gacha.

Ijtimoiy me’yordan ortgan iste’mol uçun kompensatsiya oliş uçun ehtiyojmand oila “Inson” ijtimoiy xizmatlar markaziga ariza beradi va kompensatsiya keyingi oyda haqiqiy iste’molidan kelib çiqib tölab beriladi.