Yoz fasli kelişi bilan aholi orasida tarvuz va qovun iste’moli sezilarli darajada ortadi. Şu bilan birga, uşbu poliz mahsulotlarida nitratlar miqdori va ularning inson salomatligiga ta’siri haqidagi savollar ham köpaymoqda.
Sanepidqömitaning ma’lumot berişiça, nitratlar ösimliklar ösişi uçun zarur bölgan tabiiy birikmalar hisoblanadi. Biroq ularning mahsulot tarkibida me’yordan ortiq töplanişi inson salomatligi uçun xavf tuğdirişi mumkin.
Sanitariya qoidalariga muvofiq, tarvuzlarda nitratlarning ruxsat etilgan miqdori 60 mg/kg, qovunlarda esa 90 mg/kg etib belgilangan.
Nitratlarning yuqori miqdori mahsulotning taşqi körinişi yoki ta’mi orqali har doim ham aniqlanavermaydi. Oddiy ta’m biliş retseptorlari orqali nitratlar bor-yöqligini biliş qiyin. Ayrim hollarda ortiqça azotli öğitlar ta’sirida yetiştirilgan mahsulotlar suvsimon, ta’mi past yoki öziga xos metall ta’mli bölişi mumkin.
Nitratlar inson organizmiga tuşgaç, nitritlarga aylanişi mumkin. Bu esa qondagi gemoglobinning kislorod taşiş qobiliyatini pasaytiradi va organizmda kislorod yetişmovçiligini keltirib çiqaradi. Şuningdek, köngil aynişi, boş oğriği, holsizlik kabi belgilar kuzatilişi mumkin.
Mutaxassislar ayrim holatlarda nitratlardan hosil böladigan nitrozaminlar onkologik xavf omillaridan biri hisoblanişini ham ta’kidlaydi. Nitratlar miqdorini aniqlaş maxsus laboratoriyalarda amalga oşiriladi. Bunda ionometriya, spektrofotometriya va xromatografiya kabi yuqori aniqlikka ega usullar qöllaniladi. Şu bilan birga, iste’molçilar ixtisoslaşgan nitrat-testerlar yoki ekotesterlar yordamida mahsulotlardagi nitrat miqdorini taxminiy baholaşi mumkin.
Tarvuz va qovun tanlaşda bir qator muhim jihatlarga e’tibor qaratiş tavsiya etiladi. Tarvuzning pöstloği butun, band qismi quruq bölişi, yerda yotgan qismidagi doğ töq sariq tusda bölişi maqsadga muvofiq. Pişgan tarvuz çertilganda böğiq va çuqur ovoz çiqaradi. Qovun esa öziga xos xuşböy hid taratişi, pöstloği qattiq va taşqi körinişi şikastlanmagan bölişi lozim.
Mutaxassislar mahsulotlarni faqat rasmiy savdo nuqtalari va dehqon bozorlaridan xarid qilişni tavsiya etadi. Kesilgan tarvuz va qovunlarni sotib olişdan saqlaniş, mahsulotning laboratoriya tekşiruvidan ötganligini tasdiqlovçi hujjatlar bilan qiziqiş ham muhim ahamiyatga ega.












