“Yoşlarni kasbga (mutaxassislikka) va çet tillariga öqitiş tizimini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi hukumat qarori qabul qilindi.

Fuqarolarni (yoşlarni) çet tillariga öqitiş va xorijiy davlatlarda işlaşga maqsadli tayyorlaş markazi taşkil etiladi.

Professional ta’lim muassasalarida ta’lim oluvçilarni kasb (mutaxassislik) va çet tillariga öqitiş böyiça öquv kurslari taşkil etiladi Xorijda işlaş istagi bölgan Özbekiston fuqarolarini iş beruvçilar tomonidan tanlab oliş jarayonlarini taşkil etiş markazning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Öquv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan bitiruvçilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi hujjat beriladi.

Öquv kurslarida kadrlarni tayyorlaş bir yilgaça bölgan ta’lim dasturlariga muvofiq tölov-kontrakt asosida amalga oşiriladi.

Öquv kurslari doirasida ta’lim oluvçilar ingliz, nemis, yapon, koreys, arab va boşqa talab yuqori bölgan çet tillariga öqitiladi.

Professional ta’lim muassasalariga jalb etilgan ta’lim oluvçilar çet tilini mustaqil ravişda örganib, xalqaro yoki unga tenglaştirilgan sertifikatni taqdim etgan taqdirda, ta’lim oluvçi tomonidan çet tilini öqiş uçun sarflangan xarajatlarning 50 foizi, biroq bazaviy hisoblaş miqdorining 10 baravaridan oşmagan qismi davlat budjeti mablağlari hisobidan qoplab beriladi.

Bunda, xorijiy davlatga işga jalb qilinadigan fuqarolar uçun çet tili böyiça kamida B2 darajadagi, Ausbildung (dual ta’lim şakli) asosida xorijga ketadigan fuqarolar uçun nemis tili böyiça kamida B1 darajadagi xalqaro tan olingan sertifikatni oliş talab etiladi.

Öquv kurslariga jalb qilingan pedagog kadrlarga faoliyat samaradorligidan kelib çiqib, har oy oylik maoşining 100 foizigaça miqdorda ustama tölanadi.