Toşkent tumanida mijozning soçini uning xohişiga zid tarzda kalga olib taşlagan sartaroş Ma’murjon Turğunov uzr sörab çiqdi.
“Toşkent tumanida sartaroşlik faoliyatini olib boraman. 2022 yil oktyabr oylarida xizmat olib borayotgan vaqtimda menga notaniş bölgan fuqaro soç oldiriş uçun keldi. Men soçingni olaymi yoki soqolingnimi, deya söradim. U uç-tört marta soçimni oling, soqolimni oling, dedi.
Men qizişib ketib, jahl ustida soçini kalga olib taşladim. Ismi keyin menga ma’lum bölgan Jasur ismli fuqarodan, uning ota-onasi, aka-ukasi va yaqinlaridan uzr sörayman”, degan sartaroş.
Şuningdek, u holat böyiça qonunda belgilangan har qanday jazoga rozi ekani, qilgan işidan puşaymonligini, bunday holat boşqa takrorlanmasligini ma’lum qilgan.
Avvalroq sartaroş mijozning soçini uning xohişiga zid tarzda kalga olib taşlagani, uning qilmişi şaxsning şa’ni va qadr-qimmatini qasddan kamsitiş hisoblanişi xabar qilingandi.








