Rossiya Moliya vazirligi mehnat migrantlariga bir patent asosida Rossiyaning bir neçta mintaqalarida işlaş imkoniyatini beruvçi qonun loyihasini işlab çiqdi. Özgartirişlar boş vazir Mixail Mişustin va boş vazir örinbosari Tatyana Golikova topşiriğiga asosan tayyorlangan. Agar qonun qabul qilinsa, özgartirişlar rasmiy e’lon qilinganidan bir oy ötib kuçga kirişi taxmin qilinmoqda, deb yozdi «Vedomosti».

Qayd etilişiça, bunday patent birdaniga bir neçta hududlarda amal qiladi. 

Hozir mehnat patenti faqat bir hududda işlaş uçun beriladi va boşqa hududga köçib ötgandan keyin migrant bunday hujjatni qayta rasmiylaştirişi kerak. 

YeOII mamlakatlari fuqarolari (Armaniston, Belarus, Qozoğiston, Qirğiziston), şuningdek, yaşaş uçun ruxsatnoma yoki vaqtinçalik yaşaş uçun ruxsatnoma egalari patent va işlaş uçun ruxsat oliş zaruratidan ozod qilingan. 

Ta’kidlanişiça, bir vaqtning özida bir neçta mintaqalarda rasman işlaş imkonini beruvçi patentlarning joriy qilinişi quriliş sohasida mehnat resurslarining harakatçanligini oşiradi, bu sohada çet el fuqarolari işçilar umumiy sonining salmoqli uluşini taşkil qiladi. 

Agar bitta patentga ega bölgan migrant mintaqalar örtasida harakatlaniş imkoniyatiga ega bölsa, bu «arzon işçi kuçiga bölgan ehtiyojni tezda qondiriş» imkonini beradi. Bundan taşqari, bu çora migrantlar örtasida vaqtinçalik işsizlikni kamaytiradi va ularning noqonuniy xatti-harakatlar qiliş xavfini kamaytiradi. 

Rossiya Içki işlar vazirligi ma’lumotlariga köra, 2023 yilda berilgan mehnat patentlari soni (mamlakatga vizasiz rejimda kelganlar uçun) ötgan yilga nisbatan 3,6 foizga ösgan va 2,3 millionni taşkil etgan.