Tayinlanganda (2022 yil, kuz) Bundesligada 8 turdan keyin birorta ham ğalaba qozona olmay 17-örinda bölgan «Bayyer»ni qabul qilib olgaç, transferlarga sezilarli pul sarflamay (4 futbolçi keldi, 4 futbolçi ketdi, salbiy farq atigi 20 million yevro) bir yarim yil içida mamlakat çempioniga aylantirdi, mavsumning mağlubiyatsiz seriyasi böyiça Germaniya rekordini örnatdi, Yevropa Ligasi çorakfinalida «Vest Hem» bilan safarda durang öynab (1:1), keyingi bosqiçga çiqqaç, barça musobaqalarda yutqazmaslik böyiça ham rekord yangilandi. Bu performansga biror murabbiy uşbu mavsumda yaqinlaşişi imkonsiz.

Eng ahamiyatlisi, Habi Alonsoning özi ham kelasi mavsumda uşbu darajani takrorlaşi öta qiyin va aynan mana şu nuqtayi nazardan qarasak, Habi Alonso yana bir yil «Bayyer»da qolişga qaror qilişi biroz tuşunarsiz tuyuladi.

Keling, vaziyatda Alonso tomonidan turib qarab köramiz. «Bayyer»ga hurmat saqlagan holda tan oliş kerakki, klub tom ma’noda tuşuniladigan top-klub emas. Uşbu mavsumdagi muvaffaqiyatlar baribir Çempionlar Ligasida yoki transferlar bozorida jamoani favoritga aylantirib qöymaydi, top-klublar qatoriga qöşmaydi. Agar Alonso uçun keyingi qadam haqiqatan ham katta jamoa murabbiyiga aylaniş bölsa, bu qadam uçun eng optimal palla aynan hozir emasmidi?

Birinçidan. Ayni paytda bir qator top-klublar murabbiysiz qolmoqda va agar Alonso «Bayyer»dan ketişini e’lon qilganida, ularning har biri ispaniyalik mutaxassis uçun navbatda turişga tayyor bölardi. «Bavariya», «Barselona» va «Liverpul» murabbiylari yozda klubni tark etişini rasman e’lon qilgan. Bu röyxatga «Mançester Yunayted» va «Yuventus» ham qöşilişi mumkin.

«MYu» va «Barselona»ni Alonsoning futbolçilik faoliyatidan kelib çiqib, qöşmasak ham, ruyxatda murabbiyga yaqin bölgan kamida ikki klub bor. «Liverpul» va «Bavariya» Alonsoni yangi murabbiy sifatida körib çiqdi, hatto ma’lum darajada muzokaralarga kirişdi ham. Faqat uning niyati ma’lum bölgaç, boşqa nomzodlarga yuzlanişdi. Qisqa qilib aytganda, kelişuv uçun Habining roziligi yetarli edi.

Tabiiyki, tilga olingan klublarda yozda özgarişlar böladi va yangi murabbiylar tayinlanadi. Demak, kelasi şu paytda har bir top-klubga Alonso kerak bölişini taxmin qiliş qiyin. Har holda hozirgidek darajada bölmaydi. Habining tanlov doirasi torayişini taxmin qiliş mumkin.

Ikkinçidan. Yuqorida aytilganidek, agar natijaga qaralsa, Habi Alonso murabbiylik faoliyatidagi çöqqida turibdi. Albatta, hammasi oldinda, ammo savol tuğiladi, «Bayyer»dagi yana bir mavsumda körsatilayotgan darajani takrorlaş mumkinmi?

Körib çiqamiz. «Bayyer» Bundesligada çempion, katta ehtimol Germaniya kubogini (final quyi liga vakili «Kayzerlautern» bilan) qölga kiritadi. «Liverpul» çiqib ketganidan söng Yevropa Ligasida ham «Bayyer» yaqqol favorit bölib qoldi. Demak, leverkuzenliklarda öziga xos trebl qiliş imkoniyati bor. Bir yilda uçta sovrin. Qiziği, «Bayyer» avvalgi 120 yillik tarixida jami uçta sovrin yutgan, xolos.