Toşkent tumanida mijozning soçini uning xohişiga zid tarzda kalga olib taşlagan sartaroş hamda holatni tasvirga olgan tengdoşining harakatlariga huquqiy baho berildi. Bu haqda Toşkent viloyati Içki işlar boş boşqarmasi boşliği matbuot kotibi Bobur Tölaganov xabar berdi.
Ma’lum qilinişiça, sartaroşning harakatlari ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, e’tirozlarga sabab bölgaç u va holatni tasvirga olgan tengdoşi IIBga çaqirilib, profilaktik suhbat ötkazilgan.
“Holat şu vaqtning özida IIBB tomonidan örganildi. Aniqlanişiça, mazkur voqea 2022 yilning oktyabr oyida sodir bölib, bugungi kunga qadar içki işlar organlariga murojaat yoki şikoyat arizasi kelib tuşmagan.
Hozirda sartaroşlik bilan şuğullanuvçi 34 yoşli şaxs va voqeani videotasvirga olgan uning tengdoşi tuman IIBga olib kelinib, profilaktik suhbat ötkazildi hamda tegişli hujjatlar rasmiylaştirildi”, deya ta’kidlagan Bobur Tölaganov.
Qöşimça qilinişiça, bugun jinoyat işlari böyiça Toşkent tumani sudida sud majlisi ötkazilgan. Sud qarori bilan sartaroşga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasiga (mayda bezorilik) asosan 10 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan. Jarayonni videotasvirga olgan fuqaroga nisbatan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 46-2-moddasi (şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonunçilikni buziş)ga köra jarima jazosi qöllangan.
Toşkent tumanida sartaroşlik faoliyati bilan şuğullanadigan fuqaro Ma’murjon Turğunov mijozning soçini uning xohişiga zid tarzda kalga olib taşlagan. Holatni esa tengdoşi videotasvirga olgan. Video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgaç, sartaroş qilgan işidan puşaymon ekanini aytib, uzr sörab çiqdi.








