Agar 1 maygaça hisob raqam töldirib qöyilsa, elektr energiyasi va tabiiy gaz böyiça 2 oy mobaynida eski tarif amal qiladi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar berdi.

1 maydan boşlab, aholi energoresurslar uçun ijtimoiy norma asosida tabaqalaştirilgan tartibda haq tölay boşlaydi.

Biroq, Vazirlar Mahkamasining «Elektr energiyasidan foydalaniş qoidalari» haqidagi qaroriga köra, maişiy iste’molçi öz xohişiga köra, 2 oydan köp bölmagan muddat uçun elektr energiyasidan foydalaniş haqini oldindan tölab qöyişi mumkin va bunda tarif özgarsa ham qiymat qayta hisob-kitob qilinmaydi.

Xuddi şunday me’yor «Tabiiy gazdan foydalaniş qoidalari»da ham belgilab qöyilgan. Unda, tariflar özgargan hollarda tabiiy gaz hajmi uçun avans tariqasida tölovni amalga oşirgan iste’molçi 2 oydan ortiq bölmagan muddatga qöşimça tölovlarni amalga oşirişdan ozod qilinişi qayd etilgan.

Ammo qarzdor yoki may oyining boşidayoq şaxsiy hisob raqamida mablaği tugab, yangi tölovni amalga oşirişga majbur bölgan abonentlar uçun tarif özgaradi hamda ular tegişli tartibda yangi tarif böyiça hisob-kitob qilinadi.